"Nasaf" - "So'g'diyona" o'yinida bosh hakamlik qilgan Ilgiz Tantashev nomuayyan muddatga chetlatildi
10 okt 2022 19:42
Yangiliklar
"Nasaf" - "So'g'diyona" o'yinida bosh hakamlik qilgan Ilgiz Tantashev nomuayyan muddatga chetlatildi
Avvalroq ekspert-hakamlar komissiyasi O'zbekiston Coca Cola Superligasining 21-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "So'g'diyona" uchrashuvi bosh hakami Ilgiz Tantashev harakatlariga baho berib, chora ko'rilishi uchun O'zbekiston futbol associaciyasi Hakamlar qo'mitasiga taqdimnoma kiritgani haqida xabar berilgandi.
Bugun O'FA Hakamlar qo'mitasida jamoatchilikning keng etiroziga sabab bo'lgan O'zbekiston Coca Cola Superligasining 21-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "So'g'diyona" o'yinida bosh hakamlik qilgan Ilgiz Tantashev harakatlari o'rganib chiqildi.
Katta ahamiyatga ega bahsda o'yin natijasiga tasir etadigan qo'pol xatolarga yo'l qo'ygani va jamoatchilik orasida keskin etirozlarga sababchi bo'lgan hakam Ilgiz Tantashev O'zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o'tkaziladigan har qanday uchrashuvlarini boshqarishdan nomuayyan muddatga chetlatildi.
Fikrlar