So’nggi yangiliklar

13:45Луис Энрике: "Интер Майами"нинг даражаси умуман бошқача"  1 13:21Арсен Венгер: "Майдонлар талаб даражасида эмас"  1 12:50Маскерано: "Биз бу ўйинда аутсайдермиз"  5 12:14Бруну Лаже "Челси"дан учралган мағлубиятга изох берди  0 11:52Рейна ўз давридаги энг кучли дарвозабонларни санади  8 11:25Энцо Мареска: "Челси" сўнгги ойдаги энг зўр ўйинини ўтказди"  2 10:43МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди  0 10:10“Челси“ “Боруссия Д“ футболчисини сотиб олишга яқин  2 09:38Нико Уильямс “Барселона“га талаб қўйди  9 09:05Суперлига. Бугун 14-тур давом эттирилади  4 08:34"Нефтчи" собиқ футболчисини ортга қайтармоқчи  6 08:03Бугун аёллар терма жамоамиз Осиё кубоги саралашдаги юришини бошлайди  3 07:40Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" "Бенфика"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди  6 01:50"Ал Ҳилол"нинг собиқ бош мураббийи "Ал Насср"ни бошқаришга рози бўлди  4 00:54Расман: Поль Погба - "Монако" футболчиси!  3

"Nasaf": Roy Rok Sloveniyada davolanmoqda Yangiliklar

"Nasaf": Roy Rok Sloveniyada davolanmoqda

Teglar :  NasafOlmaliq17-tur
Ertaga o'tkaziladigan 17-turning markaziy uchrashuvi – “Nasaf” – “Olmaliq” bellashuvida har ikkala jamoa safida bir qator etakchi futbolchilar maydonga chiqa olishmaydi.

“Nasaf” tarkibida jamoaning etakchi futbolchisi Roy Rok davralar oralig'ida tibbiy tekshiruvdan muvaffaqiyatli o'ta olmaganligi sababli hozircha klubga yordam bera olmaydi. Ayni paytda futbolchi Sloveniyada. Kerakli muolajalarni olgandan so'ng futbolchi yana qaytadan ko'rikdan o'tish uchun O'zbekistonga qaytadi. “Nasaf”ning yana bir etakchi himoyachisi Hamza Karimov ham ayni paytda jarohatini davolash bilan band. SHu bois qarshilik muxlislar ertangi bahsda uni maydonda ko'rmasliklari aniq. “Andijon”ga qarshi kechgan uchrashuvning ikkinchi bo'limda jamoamiz yarim himoyachisi Bahrom Abdurahimov jarohat olib maydonni tark etgandi. Ammo bugun jamoaning o'yin oldidan o'tkazgan so'nggi mashg'ulotida andijonlik yarim himoyachi umumiy guruhda mashg'ulot olib bordi. Demak uni ertaga maydonda ko'rishimiz mumkin bo'ladi.

“Olmaliq” tarkibida esa darvozabon Valeriy Fomichev o'tgan turda “Paxtakor”ga qarshi uchrashuvda qizil kartochk olganligi bois o'yin qaydnomasidan o'rin olmaydi. SHuningdek, jamoa yarim himoyachisi Salomat Quttiboev aynan “Paxtakor” bilan bo'lgan o'yinda hakam tomonidan ogohlantirish oldi. Bu yarim himoyachining to'rtinchi sariq kartochkasi sifatida qayd etildi va u ham “Nasaf”ga qarshi o'yinda jamoasiga yordam bera olmaydi.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика