So’nggi yangiliklar

02:02АПЛ. "Брайтон" ўз уйида Премьер-лига чемпионини мағлубиятга учратди  1 00:58Виталий Левченко: "Юлдузли жамоалар ҳар доим ҳам натижага эришавермайди. Шунчалик саволларингиз кўп-ми?"  1 00:44ЦСКА мағлубиятдан қутилиб қолди, Файзуллаев захирадан майдонга тушди  2 00:30Суперлига. Тўхтахўжаев ОКМКни мағлубиятдан қутқариб қолди, Аброр Исмоилов эса икки дақиқа ичида иккита гол урди  2 00:27Миржалол Қосимов: "Биз биринчи ўринга чиқиб олдик. У захирада уйқусираб ўтирган эди"  3 00:05Аморим қишда МЮни тарк этиши мумкин эди, аммо...  0 23:10"Ман Сити" Виртцнинг трансфер нархи юқорилиги сабабли ундан воз кечди. Келишув клубга умумий ҳисобда 300 миллион еврога тушиши мумкин эди (BBC)  4 22:28Украина, Англия, Польша, Дания, Балтика мамлакатлари ва Япония Россиянинг қайтишига қатъиян қарши. Жанубий Америка мамлакатлари эса аксинча  18 21:57Суперлига. Олмалиқда дарвозаларга 4 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  103 21:17Гвардиола Чемпионлар Лигаси учун кураш ҳақида: "Бизга яна 4 очко керак"  12 20:50"Аякс" Эрик тен Ҳагни қайтаришни режалаштирмоқда  1 19:39Роналдо: "Анчелотти – ажойиб мураббий. У барчасини изига солади"  11 19:14"Олтин тўп-2025" тақдирлаш маросимининг санаси ва жойи эълон қилинди  59 18:21Лапорта "Барселона" қачон асосий стадионига қайтишини тушунтирди  4 17:53"Манчестер Юнайтед" Родриго учун таклиф тайёрламоқда  9

"Nasaf" - "Qizilqum". Prevyu Yangiliklar

"Nasaf" - "Qizilqum". Prevyu

Jamoamiz oliy liga 8-tur uchrashuvini o'z maydonida Navoiy shahrining “Qizilqum” jamoasini qabul qiladi.

Ushbu uchrashuvga bo'lgan qiziqish hozirdan yuqori. CHunki, OCHL uchrashuvlarini tamomlagan jamoamiz bor etiborini endi ichki chempionatga qaratgan. “Qizilqum” jamoasi esa bu yilga chempionatda yaxshi natija ko'rsatayotgan jamoalar qatorida kelmoqda.

Ular hozirgacha bo'lib o'tgan 7 uchrashuvning to'rttasida g'alaba, ikki uchrashuvda durang va bir uchrashuvda mag'lubiyatga uchrashgan. To'plagan ochkolari soni 15ta turnir jadvalining 5-pog'onasini band etib turishibdi.

Endi navoiyliklar Qarshida jamoamiz bilan kuch sinashishadi. Mazkur jamoalarning o'zaro uchrashuvlari tarixiga nazar tashlasak, mazkur jamoalar 2000 yili Qarshida ilk uchrashuvini o'tkazishgan va 1:1 hisobida murosa ko'chasini tanlashgan. Qaranki, ushbu natija Qarshida bo'lib o'tgan o'zaro uchrashuvlarda qayd etilgan yagona durang sifatida o'zgarmasdan kelmoqda.

“Nasaf” va “Qizilqum” jamoalari hozirgacha 32 marta ro'baru kelishgan. Ushbu bahslarning 19 tasida jamoamizning qo'li baland kelgan bo'lsa, 6 uchrashuvda navoiylik futbolchilar g'alaba qozonishgan. 7 uchrashuvda tomonlar durangga imzo chekishgan.

To'plar nisbati bo'yicha ham “Nasaf” ustunlik qilmoqda 60-34. O'zaro o'yinlar qaydnomalarini varaqlasak, Qarshida o'tkazilgan 16 uchrashuvning 1tasida durang va yana bir uchrashuvda “Qizilqum” jamoasi g'alabaga erishgan. Qolgan 14 uchrashuvda ular mag'lubiyatni tan olishgan. Oldindagi uchrashuv jamoalarning Qarshidagi 17-uchrashuvi sifatida tarixga kiradi.

Endi mazkur jamoalar o'rtasidagi eng yirik hisoblar haqida to'xtaladigan bo'lsak, jamoamiz “Qizilqum” ustidan 7:1, 5:2 va 4:0 ko'rinishida g'alabaga erishgan. “Qizilqum”ning “Nasaf” ustidan eng yirik hisobdagi g'alabasi 3:1 ko'rinishida.

Jamoamiz Ro'ziqul Berdiev boshchiligida hali biron marta, hoh Qarshida bo'lsin, hoh Navoiyda bo'lsin,  “Qizilqum” jamoasiga mag'lub bo'lgan emas.

“Nasaf” o'tgan yilgi mavsumning birinchi va ikkinchi davra uchrashuvlarida ham “Qizilqum” jamoasini mag'lubiyatga uchratgan.

Quyida Qarshida bo'lib o'tgan o'zaro 16 uchrashuvning hisoblarini eslatib o'tamiz.

2000 yil.

 11-tur. Nasaf - Qizilqum 1:1

2001 yil.

 23-tur. Nasaf - Qizilqum 4:2

2002 yil.

 29-tur. Nasaf - Qizilqum 2:2 

2003 yil.

 23-tur. Nasaf - Qizilqum 2:1 

2004 yil.

 15-tur. Nasaf - Qizilqum 3:2 

2005 yil.

 2-tur. Nasaf - Qizilqum 4:0

2006 yil.

 12-tur. Nasaf - Qizilqum 1:0

2007 yil.

 24-tur. Nasaf - Qizilqum 5:2

 2008 yil.

 23-tur. Nasaf - Qizilqum 0:1 

2009 yil.

 10-tur. “Nasaf” - “Qizilqum” 2:0

2010 yil.

 1-davra. “Nasaf” – “Qizilqum” 1:0

2011 yil

2 davra. “Nasaf” – “Qizilqum” - 2:1 

2012 yil.

1 davra “Nasaf” – “Qizilqum” – 2:0

2013 yil.

1-davra. “Nasaf” – “Qizilqum” 7:1.

2014 yil.

2-davra. “Nasaf” – “Qizilqum” 2:0.

2015 yil.

1-davra. “Nasaf” – “Qizilqum” 3:1.

Navbatdagi uchrashuv.


O'zPFL 8-tur. 08.05.2016.

“Nasaf” (Qarshi) – “Qizilqum” (Navoiy)

Qarshi sh., “Markaziy” stadion. Soat 18:45da

Bosh hakam: Vadim Agishev (Toshkent),

Qanot hakamlari: Vladlen Lushin (Guliston), Aleksandr Burov (Buxoro),

Zahira hakami: SHuhrat Rajabov (Buxoro)

Nazoratchi: Igor Nexochin (Namangan).

Mazkur jamoalarning o'rinbosarlari o'rtasidagi uchrashuv 7 may shanba kuni “Sputnik” qo'rg'onidagi “Mehnatchi” stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv soat 17:30da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика