“Nasaf” - qizil, "Metallurg" - ko'k
29 mar 2018 17:10
Yangiliklar


“Nasaf” - qizil, "Metallurg" - ko'k
Ertaga, 30 mart juma kuni “Nasaf” o'z maydonida Superliganing 4-tur uchrashuvini Bekobodning “Metallurg” jamoasiga qarshi o'tkazadi.
Uchrashuv “Markaziy” stadionda bo'lib o'tadi va soat 20:00da boshlanadi.
Bugun o'yin oldidan har ikkala klub rasmiylari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi. Miting “Markaziy” stadionda tashkil etildi. Unda uchrashuvni o'tkazish bo'yicha bir qator tashkiliy masalalar muhokama qilindi.
SHuningdek jamoalar ertaga qanday liboslarda maydonga tushishi ham aniq bo'ldi.
Unga ko'ra, "Nasaf" ertaga qizil liboslarda maydonga tushadi. “Metallurg” jamoasi esa maydonda ko'k liboslarda harakat qilishadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar