So’nggi yangiliklar

12:59ЖЧ-2026 саралаши. Бразилия ниҳоят ғалаба қозонди ва бошқа натижалар (+жадвал)  0 12:14Барколя Италиядан учралган мағлубиятдан сўнг: "Франция сафидаги биринчи голимдан фахрланаман"  0 11:46Доннарумма 14-сонияда ўтказилган гол ҳақида: "Ҳали қўлқопимни кийишга улгурмагандим"  7 10:45Назорат учрашувлари. Бугун "Бунёдкор" "Андижон", "Бухоро" "Қизилқум" билан ўйнайди  0 10:14Дунёнинг 3 карра энг яхши футзалчиси: "Марказий Осиёда футзал йилдан-йилга ўсмоқда"  1 09:55Марсел Маркеш: "Ўзбекистон терма жамоаси тўпга яхши эгалик қилди. Терма жамоангизнинг жисмоний ҳолати жуда яхши"  5 09:30Қирғизистон ва Туркманистон мураббийлари ОКМК ФК базасида амалиёт ўташмоқда  1 08:59Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси бугун Вьетнам билан ўйнайди  2 08:26Хосе Венансио Лопес Бразилиядан учралган йирик ҳисобдаги мағлубиятдан сўнг нималар деди?  6 07:35"Олимпик" мураббийи энди ўсмирлар терма жамоасида ишлайди  3 07:10Миллатлар лигаси. Қозоғистон - Норвегия, "Бауырлар"ни дарвоза устуни қутқарди  1 06:50Миллатлар лигаси. Франция - Италия, Барколя Франция терма жамоасидаги дебют голини 14-сонияда урди аммо якунда жамоаси мағлуб бўлди  2 01:44Миллатлар лигаси. 13-сонияда гол урган Франция мағлуб бўлди ва бошқа натижалар  8 01:10ОЧЛ. "Насаф" - "Шабаб Ал Аҳли" баҳсини бошқарадиган ҳакамлар маълум!  6 00:43Италияда маош учун энг кўп пул ишлатаётган клуб номи маълум қилинди  0

“Nasaf” professional futbol klubi rivojlanish yo'lida Yangiliklar

“Nasaf” professional futbol klubi rivojlanish yo'lida

Teglar :  Nasaf
Mamlakatimizning Mustaqillik yillarida o'zbek futboli katta taraqqiyot yo'liga o'tdi.

Buni barcha voha aholisi ko'rib, bilib, etirof etmoqda. Bizga shunday rahbarlar kerakki, toki ular elim deb kuyib-yonsinlar, o'z halovatlaridan kechib mehnat qilsinlar! Barcha bo'g'inlarda insofli, diyonatli, bilimdon, tajribali rahbarlar boshchilik qilmas ekan, mustaqil mamlakatimizning obro'si, uning manfaati uchun mardlik, jonkuyarlik bilan ishlamas ekan, ishlarimiz ko'ngildagidek bo'lmaydi.

Islom Karimov.

Mamlakatimizning Mustaqillik yillarida o'zbek futboli katta taraqqiyot yo'liga o'tdi. Xususan, muhtaram Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida sportni, xususan, futbolni rivojlantirishga qaratilayotgan ulkan etibor o'zining yuksak samaralarini bermoqda. Davlatimiz rahbarining 2011 yil 19 yanvarda qabul qilingan “2011–2013 yillarda respublikada futbolning moddiy¬texnika bazasini yanada mustahkamlash va uni rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida“gi qarori mamlakatimizda futbolni yanada rivojlantirishda muhim dasturilamal bo'ldi.


Qarshining “Nasaf” professional futbol klubi rahbariyati ham “SHo'rtangazkimyo” majmuasi homiyligida bu qarorlarni hayotga tadbiq etish borasida keng ko'lamli ishlarni amalga oshirdi va oshirmoqda. Qashqadaryoda futbolning jadal rivojlanishida va uning infratuzilmasi hozirgi zamon talablari hamda xalqaro standartlar darajasiga ko'tarilishida Odiljon Temirov rahbarligidagi “SHo'rtangazkimyo” majmuasining juda katta salmoqli hissasi bor. Buni shu kunlarda barcha voha aholisi ko'rib, bilib, etirof etib turibdi. Ayniqsa bunga misol tariqasida vohaning bosh klubi sanalmish “Nasaf” professional futbol klubi miqiyosida olib qarasak, kishi hayratini yashira olmaydigan keng ko'lamli ishlar amalga oshirilganiga guvoh bo'lamiz. “Nasaf” futbol klubi rahbariyati ham bunday homiylik va etiborga javoban klubning nafaqat mamlakatimizda, balki xorij futbolida ham o'zining munosib o'rniga ega bo'lishida tinmay mehnat qilishmoqda.
“Nasaf” professional futbol klubining bosh homiysi “SHo'rtangazkimyo majmuasi” boshqaruvi tomonidan klubga rahbarlik qilish uchun 2012 yilgacha Qarshi shahridagi “Sevinch” ayollar professional futbol klubida rahbarlik qilgan SHamil Yarulinga ishonch bildirildi. Uningboshchiligidagi  “Sevinch” klubining qo'lga kiritgan yutuqlari hammaga malum, “Sevinch” – nafaqat mamlakatimizning, balki Markaziy Osiyoning eng kuchli ayollar jamoasi nomiga musharraf bo'ldi, Osiyoda, hattoki evropada ham nom qozondi.

O'z ishiga katta masuliyat bilan yondoshadigan, izlanuvchan va tashabbuskor, o'ziga va boshqalarga talabchan bo'lgan “Nasaf”ning yangi rahbari klubni hozirgi kunda mamlakatimizdagi barqaror rivojlanayotgan klublar qatoriga olib chiqdi. Mana to'rt yildirki, “Nasaf” futbol klubining infratuzilmasi rivojlanishida katta muvaffaqiyatlarga erishildi va erishilmoqda. “Nasaf” jamoasi esa mamlakatimiz  chempionatida doim sovrinli o'rinlarni egallab kelmoqda. Xalqaro musobaqalarda esa, katta tajriba to'plamoqda.

Ayniqsa klubning kelajagi bo'lgan - yosh futbolchilarga bo'lgan etibor, u kishining rahbarligida klubning asosiy strategik rejasiga aylantirildi. Bugungi kunda bu say-harakatlarning, mehnatlarning mevasi o'laroq, klub futbol maktabida voyaga etayotgan futbolchilar nafaqat asosiy tarkib o'yinchilariga, balki mamlakatimizning turli yoshdagi terma jamoalarning asosiy vakillariga aylanishmoqda. Bu ijobiy ishlar klubni boshqalarga o'xshab, jamoaga o'zga joydan futbolchi qidirish, ular uchun katta mablag' xarajat qilishni sezilarli kamaytirdi. Tan olish kerak, bugungi kunda klub qoshidagi futbol maktabi tarbiyalanuvchilari jamoaning asosiy tarkibida faoliyat yuritib, nafaqat mamlakatimiz futbol ishqibozlarining olqishiga, balki xorijiy futbol mutaxassislarining ham nazariga tushmoqda.

Albatta, bunday yutuqlarni qo'lga kiritish oson bo'layotgani yo'q. Klub oldiga ulkan maqsadlar qo'yish uchun ularga avvalo davr talabi darajasidagi sharoitlar yaratilishi kerak edi. Buni to'g'ri tushungan va o'z oldiga asosiy vazifa qilib belgilagan klub rahbari bor etiborini avvalo tartib-intizom, xodimlarlarning o'z ishiga bo'lgan masuliyatini oshirishga qaratdi. Klub infratuzilmasini rivojlantirishni esa o'z oldiga asosiy vazifalardan biri qilib belgiladi. Uning tashkilotchiligi va rahbarlik qobiliyati evaziga katta hajmdagi ishlar amalga oshirildi va hozir ham bu ishlar davom ettirilmoqda.


“Nasaf” professional futbol klubi qoshida 2009 yildan buyon futbol maktabi faoliyat yuritmoqda. Mazkur maktabning faoliyati uning rahbarligi davomida yanada takomillashtirildi. O'quv mashg'ulotlar klub maqsadiga asosan moslashtirildi. Murabbiylar oldiga yangi vazifalar qo'yildi. Mavjud sharoitlar yanada yaxshilandi. Bunday xayrli ishlarga “Nasaf” PFK sport direktori Vitaliy Ni bevosita boshchilik qilmoqda.

Hozirgi kunda mazkur futbol maktabi ixtiyorida uchta tabiiy va bitta suniy futbol maydoni, 160 o'rindiqqa ega yotoqxona, birdaniga 126 kishi ovqatlanishi uchun barcha qulayliklarga ega oshxona, 20ta zamonaviy kompyuterlar o'rnatilgan axborot xonasi, rus, ingliz tillari o'rgatiladigan maxsus o'quv xonalari, anatomiya fanidan boshlang'ich talim uchun o'quv xonasi, echinish – kiyinish xonalari, yuvinish xonalari hamda gimnastika va atletika mashqlari uchun maxsus jihozlangan keng xonalar, futbol bo'yicha nazariy o'quv mashg'ulotlari o'tkazish uchun maxsus xonalari mavjud. Ayni kunlarda bu erda 413 nafar o'smir yoshidagi bolalar 12 nafar murabbiydan futbol sir-asrorlarini o'rganishmoqda.

Ushbu futbol maktabida nafaqat viloyat, balki boshqa viloyatlardan ham kelgan farzandlarimiz talim-tarbiya olishmoqda. Bu filiallarda shug'ullanayotgan bolalarni ham hisobga olsak, ularning jami soni 1116 nafarga etadi, ularga esa 23 nafar malakali murabbiy futbol sirlarini o'rgatib kelishmoqda. Etirof etish kerak, avvallari Muborak shahridagi “Mashal” futbol akademiyasi yurtimizda eng tanilgan futbol dargohlaridan biri bo'lsa, bugungi kunda “Nasaf” futbol maktabi ham mamlakatimizda etirof etiladigan futbol maktablaridan biriga aylandi. Futbol maktabida faoliyat yuritayotgan o'qituvchi va murabbiylar ham bunday yaratilgan sharoitlarga javoban, mamlakatimizda va xorijda tashkil etiladigan qator futbol turnirlarida munosib ishtirok etib, sovrinlarga ega chiqishmoqda. Bunga misol tariqasida 2013 yili Toshkentda bo'lib o'tgan 2004 yilda tug'ilgan bolalar o'rtasidagi OFK festivalida, 1999 yilda tug'ilgan o'smirlar o'rtasidagi mamlakatimiz “Yoshlik” Kubogida, 2014 yili bo'lib o'tgan 1998 yilda tug'ilgan yoshlar o'rtasidagi Respublika birinchiligida, shu yili Toshkent shahrida tashkil etilgan mamlakatimiz futbol maktablari o'rtasidagi “Navro'z Kubogi-2016” musobaqasida bosh sovrinlavrning qo'lga kiritilishi fikrimizning isboti. Bundan tashqari, “Nasaf” futbol maktabi O'zbekistonda bolalar futboliga bo'lgan etiborni xorijda ham ko'z-ko'z qilishi etirofga loyiq. Bunga 2000 yilda tug'ilgan bolalar o'rtasida 2014 yili Ukrainaning Kiev shahrida tashkil etilgan, Ukrainada xizmat ko'rsatgan murabbiy Vladimir Kiyanchenko xotirasiga bag'ishlab o'tkazilgan halqaro turnirda musobaqa bosh sovrinini Qarshiga olib kelinganligini misol keltirish mumkin. Ayni paytda futbol maktabiga ukrainalik mutaxasis Sergey Kucherenko rahbarlik qilmoqda. Futbol maktabida vaqtida “Nasaf” jamoasida faoliyat yuritib, murabbiylik qilayotgan bir qator tajribali sobiq futbolchilar yoshlarga futbol sirlaridan dars berib kelishmoqda. Albatta, bu murabbiylarning mehnati ham Muhtaram Prezidentimiz tomonidan munosib taqdirlangan. Masalan, o'tgan yili Nurali Sultonov O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiyi unvoniga sazovor bo'ldi.  

Futbol maktabi faoliyatining samarasi asosiy tarkib jamoasiga munosib futbolchilar etkazib berishda yaqqol bilinmoqda. Hozirgi kunda jamoaning asosiy tarkib o'yinchilariga aylangan yosh futbolchilardan Bobur Abduholiqov, SHarof Muhitdinov, Aziz G'aniev, Islom Rashidxonov, Dilshod Xushbakov, Umid Ergashev va boshqa yosh futbolchilar, o'zlarining chiroyli va mazmunli o'yinlari bilan nafaqat yurtimiz futbol ishqibozlari, balki xorijiy mutaxassislarning ham etiboriga tushmoqda. Futbol maktabida talim olayotgan, kelajagi porloq bunday yosh futbolchilar ko'pchilikni tashkil etadi. Mamlakatimizning turlicha yoshlar toifasi murabbiylari endi tez-tez mazkur futbol maktabiga tashrif buyuradigan va tarbiyalanuvchilarni o'zlari rahbarlik qilayotgan terma jamoalarga taklif qiladigan bo'lishdi. Albatta, bu yutuqlar, klubning bosh menejeri SH.Yarulinning  ishni hozirgi kun talab darajasida olib borayotganidan darak beradi.


O'zingizga malum, klubning asosiy tarkib o'yinchilari uchun zamonaviy va hozirgi kun futboli talablari etiborga olinib, barpo etilgan alohida qarorgohga ega. Bu qarorgohga tashrif buyurayotgan mahalliy, qolaversa, xorijiy futbol mutaxasislari ham yuqori baho berishgan va berishmoqda.

Bundan tashqari, klubning bosh homiysi - “SHo'rtangazkimyo” majmuasi rahbariyatining bevosita ko'magi va qo'llab-quvvatlashi evaziga “Nasaf” futbol klubi o'rinbosarlari uchun Qarshi shahrining “Sputnik” qo'rg'onida alohida qarorgoh barpo etildi. Bir paytlar “Qargistroy” tashkilotiga tegishli bo'lgan mazkur hudud ancha yillar davomida tashlandiq holga kelib qolgandi. Klub o'z ixtiyoriga olgach, zamonaviy ko'rinishda tamir boshlandi. Qurilish materiallari ham, quruvchilarning o'zlari ham begona bo'lmadi – klubning bosh homiysi va egasi “SHo'rtangazkimyo” majmuasi bilan birgalikda ish yuritildi. Bu katta hajmdagi ishni amalga oshirishda esa, albatta, “Nasaf” klubi bosh menejeri SHamil Yarulin rahbar sifatida o'zining yuqori tashkilotchilik qobiliyatini yana bir marta namoyish qildi. SHuni etirof etish kerakki,  mamlakatimizdagi aksariyat klublarda hali o'rinbosarlar uchun alohida qarorgoh mavjud emas.

Yangi qarorgohdagi  barpo etilgan futbol maydoni hatto mamlakatimizdagi bazi oliy liga jamoalari ham orzu qiladigan darajaga keltirildi.
Hozirgi kunda klubning o'rinbosarlar jamoasi bu erda faqatgina mashg'ulotlar o'tkazibgina qolmay, balki uy uchrashuvlarini ham o'tkazishmoqda. Hatto mehmon jamoalarga foydalanish uchun tavsiya ham etilmoqda. SHuni alohida takidlash joizki, amalga oshirilgan ishlar klub xarajatlarini sezilarli iqtisod qilishga olib keldi. Yosh futbolchilar uchun endi yil davomida hech qaerga bormay, ortiqcha sarf-xarajatlarsiz o'quv-mashg'ulot yig'inlarini olib borish imkoni tug'ildi. Bu erda 10ta kemping bunyod etilgan. Barcha qulayliklarga ega yotoqxonalarda futbolchilarning o'z uylaridagidek bemalol yashash, dam olish uchun sharoitlar yaratilgan. Har bir xonada zamonaviy sanitariya jihozlari bilan jihozlangan yuvinish va boshqa sharoitlar mavjud. Xullas, zamonaviy yotoqxonada nima talab etilsa – hammasi mujassam.


Hali bu hammasi emas, mazkur qarorgohda shuningdek nazariy – o'quv xonasi, zamonaviy oshxona, ikkita kiyinish va echinish xonalari, hattoki saunagacha imkoniyatlar yaratilgan. SHu o'rinda klub hisob-kitobchilarining (bosh hisobchi - Akram Eshonqulov) ham faoliyatini takidlab o'tish joiz. Hisobchilar klubga bosh homiy tomonidan ajratilgan mablag'larni tejab foydalanishda, asosiy etiborini qo'shimcha daromadlar izlab topishga qaratayotgani etiborga loyiq.
Albatta, bu harakatlar mamlakatimiz futbol rahbariyatining etiboriga ham tushdi. Bunga misol qilib, 2014 yilning oktyabr oyida “Nasaf” klubida Respublika miqyosidagi tashkil etilgan seminarni keltirish mumkin. Ushbu seminarda O'zbekiston futbol federaciyasi birinchi vice-prezidenti Sardor Rahmatullaev, O'zbekiston Professional futbol ligasi boshlig'i Farhod Magometovlar boshchiligida Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar futbol federaciyalarining birinchi vice-prezidentlari, oliy liganing etakchi jamoalari vakillari, oliy liga klublari qoshidagi futbol maktablari direktorlari, jurnalistlar ishtirok etishdi. Seminar ishtirokchilari “Nasaf” klubi ixtiyoridagi Markaziy stadion, Bolalar futbol akademiyasi, klub bazasi kabi yangi barpo etilgan o'rinbosarlar qarorgohini ham ko'zdan kechirib, qilingan ishlarga katta ijobiy baho berishdi, bu erdagi yangilik va o'zgarishlar haqida yon daftarchalariga qator bitiklar qayd etishdi. Bir so'z bilan aytganda, o'zlarining hayratlarini yashirishmadi.

Ayni paytda klub ixtiyoridagi 16 ming tomoshabinga mo'ljallangan “Markaziy” stadion zamonaviy va xalqaro standartlarga to'liq javob beradigan darajaga keltirildi. Stadionda futbolchilar va tomoshabinlar hamda mehmonlar uchun yaratilgan sharoitlar hech bir xorij klubi stadionidagi sharoitlardan qolishmaydigan darajaga o'zgardi.

Kecha...

Bugun...


Xalqaro talablar darajasidagi yaratilgan bu sharoitlardan tashqari, stadion qoshida zamonaviy tikuv cexi, muxlislar klubining tarix muzeyi, “Nasaf” klubi atributkalari bilan savdo qiladigan do'kon hamda futbol o'yinlarini oilaviy kelib ko'rish uchun maxsus joylar, stadion hududida futbol ishqibozlarini kerakli malumotlar bilan taminlaydigan maxsus tablo  va boshqalar tashkil etildi.
Bundan tashqari, keksa yoshdagi futbol ishqibozlariga alohida etibor qaratilmoqda. Ular uchun stadionda maxsus joylar ajratilgan bo'lib, alohida hurmat ko'rsatiladi.

SHuningdek, “Markaziy” stadionda Respublika miqiyosidagi tadbirlar ham muntazam o'tkazilib turiladi. Bunga birgina misol tariqasida shu yilning aprel oyida O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma besh yilligi munosabati bilan “Biz–buyuk yurt farzandlarimiz!” shiori ostida o'tkazilgan yoshlar festivalini aytish mumkin.


Klub rahbariyatining yuqori tashkilotchiligi va o'zida katta masuliyatni his qila olish qobiliyati shu kabi ommaviy tadbirlarni ham muvaffaqiyatli o'tishida omil bo'lmoqda.

“Nasaf” jamoasining har bir yutug'i viloyat aholisi kayfiyatiga ijobiy tasir etishini hisobga olgan klub rahbari muxlislarning klubga bo'lgan ishonchini yanada orttirish hamda ular uchun barcha sharoitlarni mujassam qilish maqsadi sari izlanishda davom etmoqda.

Klubi rahbariyati “Futbol - muxlislar uchun” shioriga qattiq amal qilgan holda muxlislari bilan muntazam ravishda turli uchrashuvlar tashkil qilib kelmoqda. Bunday tadbirlar klub va uning muxlislari o'rtasida o'zaro ishonch va yaqinlikni paydo qilmoqda. Bunaqa tadbirlar jamoa murabbiylari va futbolchilari bilan ham muntazam o'tkazilib turiladi.

Bilasiz, “Nasaf” nafaqat O'zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda ham Osiyo futbol Konfederaciyasi Kubogini qo'lga kiritgan yagona klub hisoblanadi. Bu albatta, mustaqil o'zbek futboli uchun katta yutuqlardan biri demakdir. Milliy  chempionatimizning to'qqiz karra bronza sovrinini va bir marta kumush medalini qo'lga kiritgan “Nasaf” klubi 2001 yili Osiyo CHempionlar Kubogining (o'sha payt hozirgi Osiyo CHempionlar Ligasi shunday atalgan) chorak finalida ham ishtirok etgan. Eronning “Ozodiy” stadionida, kuchli yomg'ir ostida, ko'lmak maydonda o'tkazilgan uchrashuvlarni bir eslang.


2015 yilning 17 oktyabr sanasi "Nasaf" klubi tarixi solnomasiga yana bir zarhal harflar bilan bitildi. Negaki, shu kuni "ajdarlar" 23-bor o'tkazilgan O'zbekiston Kubogi finalida Toshkentning "Bunyodkor" jamoasini 2:1 hisobida engib, ilk bor O'zbekiston Kubogini Qashqadaryoga olib keldi.

So'nggi yillarda Ro'ziqul Berdiev ajoyib jamoani shakllantirdi, futbolchilar taktik va jismoniy jihatdan ancha o'sgani futbol doirasida bot-bot aytila boshlandi. Takidlash joizki, "Nasaf" jamoasini eng ko'p finalga olib chiqqan murabbiy ham Ro'ziqul Berdievdir. U klubning barcha finallarida futbolchi, yordamchi murabbiy hamda bosh murabbiy sifatida ishtirok etgan yagona mutaxassis sanaladi. Qolaversa, Ro'ziqul Berdiev "Nasaf" jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanganida "Nasaf" endi yana pastga sho'ng'iydi", deya fikr bildirganlar ham bo'ldi. Ammo vaqt - oliy hakam. Aslida kim haq ekanini esa vaqtning o'zi ko'rsatib berdi. Bunda istaymizmi-yo'qmi, yana SHamil Yarulin ismi-sharifi tilga olinadi. Sababi, Ro'ziqulga shubha qilganlar ko'pchilikni tashkil etgan bir paytda aynan Yarulin uning nomzodini himoya qilib, klub mutasaddilarini porloq kelajakka ishontirdi. Ko'rib turganingizdek, ishonch qisqa vaqtlarda oqlandi.

Ro'ziqul Berdiev bosh murabbiyligidagi “Nasaf” jamoasi bu yilgi mavsumni ham navbatdagi muvaffaqiyat - katta sovrinni qo'lga kiritish bilan boshladi. 17 fevral kuni Toshkent shahridagi muhtasham “Bunyodkor” stadionida Superkubok o'yini  tashkillashtirildi.  Unda 2015 yilgi mavsumda O'zbekiston Kubogi sohibi “Nasaf” jamoasi mamlakat chempioni “Paxtakor” jamoasi bilan kuch sinashdi va qarshiliklarning tajribali, mahoratli o'yinchisi Artur Gevorkyanning goli evaziga g'alaba qozondi. Klub o'z tarixida birinchi marta O'zbekiston Superkubogini qo'lga kiritdi...

“Nasaf” futbol klubi bu yutuqlar bilan chegaralanib qolish  niyatida emas. Klub rahbariyatining maqsadi – mamlakat chempionligini qo'lga kiritish va xalqaro musobaqalarda Mustaqil O'zbekistonimizning obro'sini yanada yuksaltirish yo'lida astoydil mehnat qilishdan iborat.

- O'zimizning chiroyli o'yinimiz va yutuqlarimiz bilan xalqimizning ko'nglini olsak, ozgina bo'lsa-da, kayfiyatini ko'tarsak,  demak asosiy orzularimizdan biri ushalgan bo'ladi, - deydi “Nasaf” PFK bosh menejeri SHamil Yarulin.   

Oybek YUNUSOV

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика