"Nasaf" PFK muxlislar bilan uchrashuv o'tkazadi
13 dek 2013 17:35
Yangiliklar


"Nasaf" PFK muxlislar bilan uchrashuv o'tkazadi
Har bir futbol jamoasining kelajakdagi rivojlanish bosqichida muxlislarning fikri ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kun futbolida muxlislar sevimli jamoasi g'alabalariga bevosita hissa qo'shishmoqda. SHu omillarni hisobga olgan holda “Nasaf” PFK mutasaddilari kelajakdagi rejalarni muhokama qilish, shuningdek 2014 yilgi mavsumda jamoani qo'llab-quvvatlash borasida yanada yuqori saviyali ishlarni yo'lga qo'yish maqsadida o'zini “Nasaf”ning sodiq muhlisi deb bilgan faol ishqibozlarni ertaga 14 dekabr ertalabgi soat 10:00 da “Markaziy” stadionga taklif etadi. Ushbu yig'ilishda fan-klubga azo bo'lish masalalari hamda voha.uz – muxlislar sayti bilan hamkorlikda jamoaning yangi mavsumda birgalikda qo'llash, stadionga muhlislar tashrifini yanada oshirish chora-tadbirlari ko'rib chiqiladi.
Barcha muxlislardan faollikni kutib qolamiz!
Barcha muxlislardan faollikni kutib qolamiz!

Fikrlar