So’nggi yangiliklar

07:59МЮни финалга олиб чиққан Аморим нималар деди?  0 07:30Суперлига. Бугун 9-тур бошланади. Андижонда “оловли“ ўйин кутмоқда  1 07:05Келаси мавсум бунақаси EЧЛда илк бор бўлади  4 02:46Антони "Бетис"ни Конференциялар лигаси финалига олиб чиқди, "Челси" ҳам финалда!  3 01:55Европа лигасида инглизча финал!  5 01:50Европа лигаси. "Манчестер Юнайтед" жавоб ўйинида ҳам "Атлетик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди ва финалга йўл олди  26 00:50Футзал. Ўзбекистон Кубогида барча ярим финалчилар аниқ бўлди  0 00:28Григорий Колосовский: "Биринчи бўлимнинг ўзида 2-3та гол урсак бўларди"  0 23:43Неъматулла Қуттибоев: "Бугун ким биринчи бўлиб гол урса, ўша ғалаба қозонарди"  3 23:21Эрон Про лигаси. Захирадан тушган Ўрунов 90+1 дақиқада гол уриб, жамоасига ғалаба тақдим этди, Машарипов захирадан тушди, Юсупов тўлиқ ўйнади, Яхшибоев эса...  3 23:16Европа Конференциялар лигаси. Ярим финал жавоб баҳслари доирасидаги "Фиорентина" — "Бетис" ва "Челси" — "Юргорден" ўйинлари учун таркиблар маълум  1 23:13Европа лигаси. Ярим финал жавоб баҳслари доирасидаги "Буду-Глимт" — "Тоттенхэм" ва "Манчестер Юнайтед" — "Атлетик" ўйинлари учун таркиблар маълум  3 22:37Рэшфорд Ла Лига гранди сафига ўтиши мумкин?!  2 22:15"Интер" ва "Ювентус" Доннаруммани қўлга киритмоқчи  10 21:50"Ливерпуль" Александер-Арнолднинг ўринбосари учун 30 млн фунт тўлашга тайёр  1

"Nasaf" o'z uyida "Qizilqum"ni mag'lub etdi Yangiliklar

"Nasaf" o'z uyida "Qizilqum"ni mag'lub etdi

Oliy liganing 5-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Qizilqum" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Nasaf (Qarshi) – Qizilqum (Navoiy) 3:1
16 aprel 2015. Qarshi. “Markaziy” stadioni. 18:30
Hakamlar
: V. Agishev (Toshkent), R. SHoyaxmetov (Toshkent), A. Sidorov (Toshkent), D. Muxtorov (Toshkent)
Nazoratchi: I. SHaripov (Buxoro)
UzPFL vakili: G. Rtveladze.

Gollar: Artur Gevorkyan 29 penalti, - 1:0. SHohruh Gadoev 48, - 2:0. Baxriddin Vahobov 59, - 2:1. SHohruh Gadoev 70, - 3:1 (Artur Gevorkyan).

"Nasaf": 30.O'tkir Yusupov, 5.Botir Qoraev, 9.Ilhom SHomurodov, 16.Alisher Yusupov, 17.Artur Gevorkyan (38.Doniyor Narzullaev, 85), 19.Bahrom Abdurahimov (27.Ilhom Yunusov, 72), 20.Erkin Boydullaev, 22.SHohruh Gadoev, 23.SHerzod Azamov, 32.Hamza Karimov, 33.Odil Hamrobekov.
Zaxira: 25.Eldor Suyunov, 4.Maqsud Karimov, 7.Akrom Baxriddinov, 15.Roy Rok, 34.Farrux Sayfiev.

"Qizilqum": 1.Erkin Jabborov, 6.Farrux Xaydarov, 8.Akmal Rustamov (10.Baxriddin Vahobov, 46), 9.Vyacheslav SHevchenko, 11.Alisher Sanoev, 14.Fayzulla Qambarov, 21.Mirjalol Qurbonov, 23.SHerali Jo'raev, 33.Andrey Derkach, 50.Georgiy Kvesieshvili, 92.Aziz Usmonov.
Zaxira: 12.Dilshod Hamroev, 7.Jamshid SHoxnazarov, 19.Ruslan Sanaev, 23.Asqar Muhiddinov, 26.Alisher Xoliqov, 30.Sarvar Xolmatov.

Ogohlantirishlar: Odil Hamrobekov 42, Vyacheslav SHevchenko 51, Alisher Yusupov 52, SHohrur Gadoev 90+3. 


                                 MATNLI TRANSLYACIYA
                                           
YANGILASH

90+3. Uchrashuv yakunlandi. "Nasaf" - "Qizilqum" 3:1

90.
O'yinga 3 daqiqa qo'shib berildi

89. ZARBAAAA! Bahriddin Vahobovning chamasi 18 metrlardan yo'llagan kuchli zarbasi noaniq chiqdi.

87.
Himoyachilarning xatosidan keyin SHevchenko yaqin masofadan darvozaga erlatib kuchli zarba berdi.  Darvozabon to'pni qaytardi.

85. O'zgarish. "Nasaf".
Artur Gevorkyan o'rniga Doniyor Narzullaev tushdi

75.
Farruh Haydarovning yaqin masofadan yo'llagan kuchli zarbasi golga aylanishiga santimetrlar etishmadi.

72. O'zgarish. "Nasaf".
Bahrom Abdurahimov o'rniga Ilhom Yunusov maydonga tushdi.

70. Qanotdan uzatilgan to'pni Gevorkyan Gadoevga oshirdi. SHohruh yaqin masofadan darvozani ishg'ol etdi - 3:1.

69. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! 3:1. Gadoev!

61. ZARBA!
Sayfievning kuchli zarbasi darvoza to'sininga tegib qaytdi. Gevorkyan tomonidan yo'llangan takroriy zarbani himoyachi qaytardi.

59. Zaxiradan maydonga tushgan Bahriddin Vahobov himoyachilardan qaytgan to'pni bo'sh darvozaga aniq yo'lladi - 2:1.

59. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! 2:1. Vahobov!

58. O'zgarish. "Nasaf".
Odil Hamrobekov o'rniga Farruh Sayfiev maydonga tushdi.

53.
Botir Qoraevning chap qanotdan uzatib bergan to'pini SHohruh Gadoev boshi bilan darvozaga yo'naltirdi. Noaniq.

52. Ogohlantirish. "Nasaf".
Alisher Yusupov

51. Ogohlantirish. "Qizilqum".
Vyacheslav SHevchenko

48. SHohruh Gadoevning zarbasini darvozabon qaytardi. Takroriy zarbani SHohruhning o'zi darvozaga aniq yo'lladi - 2:0.

48. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! SHohruh Gadoev 2:0

46. O'zgarish. "Qizilqum".
Akmal Rustamov o'rniga Bahriddin Vahobov maydonga tushdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi


45. Birinchi bo'lim yakunlandi.

45.
Mehmonlarning xavfli hujumi. SHevchenkoning jarima maydonchasi ichiga kirib yo'llagan kuchli zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

45. Ogohlantirish. "Nasaf".
Erkin Boydullaev

42. Ogohlantirish. "Nasaf". Odil Hamrobekov
ga maydon markaziga yaqin joyda raqibga qo'pollik qilgani uchun

37.
Gevorkyanning o'ng qanotdan uzatib bergan to'pini Farruh Haydarov o'z darvozasiga yo'lladi. Jabborov to'pni qaytardi.

33. ZARBAAAAA!
Gevorkyan yana darvozaga zarba berdi, to'pni himoyachilar qaytarib yuborishdi

29. GOOOOOOOLLLLL!!! Artur Gevorkyan  penaltidan hisobni ochdi - 1:0

28. PENALTI! Mehmonlar o'z jarima maydonchalari ichida Gevorkyanga nisbatan qo'pollik ishlatishdi va penalti....

21. ZARBAAAAA! Gevorkyan tomonidan amlga oshirilgan jarima zarbasi darvozabonning qo'liga, keyin darvoza to'siniga tegib maydonga qaytdi.

18.
Alisher Yusupov tomonidan jarima maydonchasiga oshirilgan to'pni hujumchilar darvozaga yo'llay olmadi.

17.
Ilhom SHomurodovda qulay imkoniyat bo'lgandi, zarba aniq chiqmadi

15.
"Qizilqum" futbolchilari "Nasaf"ga ochiq futbol taklif etishmoqda. Tomonlar navbati bilan hujumlar uyushtirishmoqda...

14. "Nasaf"ning ilk xavfli hujumi. Artur Gevorkyanning o'tkir burchak ostida chamasi 5-6 metrlardan yo'llagan zarbasi biroz noaniq chiqdi.

5.
Dastlabki daqiqalarda maydonda teng kurash kechmoqda.

1. O'yin boshlandi!


- Uchrashuv soat 18:30da boshlanadi.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика