Nasaf uch nafar yangi futbolchi bilan shartnoma tuzdi FOTO
13 fev 2019 11:37
Yangiliklar


Nasaf uch nafar yangi futbolchi bilan shartnoma tuzdi FOTO
Yangi mavsum oldidan "Nasaf" tarkibiga bir qator futbolchilarni qo'shib oldi.
Muborakning “Mashal” klubidan ikki nafar futbolchi - Humoyun Murtozaev va Sardor Abduraimov «ajdarlar» safiga kelib qo'shilishdi.
Humoyun Murtozaev Muborakning «Mashal» jamoasi tarkibida oxirigi to'rt mavsumda 104 ta bellashuvda maydonga tushib, 27 bor raqib raqiblar darvozasini ishg'ol etgan.
Markaziy himoyachi Sardor Abduraimov muborakliklar safida 74 uchrashuvda to'p tepib, 7 marta raqib darvozasini ishg'ol etgan.
Bundan tashqari jamoa o'z ananalariga sodiq qolgan xolda «Nasaf» futbol maktabi tarbiayalanuvchilarini ham tarkibga jalb etmoqda. Umidli yosh darvozabon Abduvohid Nematov bilan ham professional shartnoma imzoladi. Abduvohid 2018 – yilgi Superliga U-18 birinchiligida O'zbekiston chempioni bo'lgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar