So’nggi yangiliklar

00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  0 23:22Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" вазифани уддалай олмади  0 22:59Ринат Дасаев: "Ўзбекистонга Жаҳон чемпионатида омад тилайман"   1 22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   1 22:14Доннарумма "Сити"да қанча маош олади?  3 21:53Расман: Мастантуоно - "Реал" футболчиси!  4 21:29Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" сўнгги босқич олдидан мағлуб бўлди  6 21:04"Манчестер Юнайтед" футболчиси фаолиятини "Вест Бромвич"да давом эттириши мумкин  0 20:39Ўзбекистон терма жамоаси афсоналари Россия фахрийлари билан дуранг ўйнади  12 20:25"Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов 2025/26 йилги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди   4 19:56"Барселона" Майамида ташкил этиладиган "Вильярреал"га қарши ўйин ортидан 5 млн евро ишлаб олади  0 19:25"Манчестер Юнайтед"нинг Лига кубоги 2-босқичидаги рақиби аниқланди  2 18:58"Манчестер Сити"нинг янги футболчиси 10-рақамли либосни олади  1 18:30"Одил Аҳмедов ФА" U-16 "Реал", "Динамо" Тбилиси ва "Црвена Звезда" билан ўйнайди   3

"Nasaf", OKMK va "Navbahor" OFKdan 60 ming dollardan oladi... Yangiliklar

"Nasaf", OKMK va "Navbahor" OFKdan 60 ming dollardan oladi...

Xabaringiz bor, bugun Osiyo yashil maydonlarida CHempionlar ligasining guruh bosqichiga start beriladi.

O'zbek klublaridan uchtasi OCHLdagi yurishini bugun boshlaydi. "Nasaf", OKMK hamda "Navbahor" mehmonda to'p tepadi.

OFK musobaqada safarda o'ynaydigan jamoalarga malum miqdorda pul to'lab beradi. Demak, "Nasaf" Iordaniyaga, OKMK va "Navbahor" Saudiya Arabistonidagi safar o'yini uchun OFKdan 60 ming dollardan pul oladi.

OKMK va "Navbahor" guruh bosqichiga chiqish uchun saralashning pley-offida Qatarga borib safarda o'ynagani uchun OFKdan 40 ming dollardan pul olgan.


OFK safar o'yinlari uchun jamoalarga to'lab beradigan pul:

- Saralashning o'tish bosqichi: 40 ming dollar;

- Saralashning pley-off bosqichi: 40 ming;

- Guruh bosqichi: 60 ming;

- Nimchorak final: 60 ming;

- CHorak final: 60 ming;

- Yarim final: 60 ming;

- Final: 120 ming dollar.


OFK guruh bosqichi, nimchorak final, chorak final va yarim finaldagi har bir o'yin uchun klublarga to'lab beradigan summa:

- G'alaba qozongan jamoaga: 50 ming dollar;

- Durang uchun har bir jamoaga: 10 mingdan.


OFK pley-offning har bir bosqichi uchun klublarga to'lab beradigan summa:

- Nimchorak finalga chiqqan jamoalarga: 100 ming dollardan;

- CHorak finalga chiqqan jamoalarga: 150 mingdan;

- Yarim finalga chiqqan jamoalarga: 250 ming dollardan.


OFK OCHL g'olibiga 4 mln dollar, vice-chempion jamoaga esa 2 mln dollar pul to'lab beradi.

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика