So’nggi yangiliklar

14:10Расман: Доннарумма – "Манчестер Сити" янги дарвозабони!  0 13:44Хави Бундеслигада иш бошлаши мумкин  0 13:15"Астон Вилла" Виктор Линделёфни сафига қўшиб олди  0 12:48Арне Слот: "Агар "Ливерпуль" – "Арсенал" ўйини шу йўсинда 10 марта ўйналганида, 8 таси дуранг билан якунланган бўларди"  1 12:27Расман: Эдерсон Туркия клубига ўтди  1 12:09Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Шри-Ланкага қарши қандай либосда ҳаракат қилиши маълум  2 11:51ОФК "Насаф" ҳамда "Андижон" учрашувларида ишлайдиган ҳакамлар номини эълон қилди  3 11:38"Челси" ёзда футболчилар сотувидан ҳаммадан кўп пул ишлаб топди  6 11:15Муса "Милан"ни "Аталанта"га алмаштирди  0 10:40Мануэль Аканжи фаолиятини Италияда давом эттиради  0 10:07"Ливерпул"га ўтган Исак нималар деди?  7 09:38"Ливерпуль" рекорд ўрнатди  3 09:12"Ньюкасл" 63,5 млн евро эвазига ҳужумчи сотиб олди  3 08:42Расман. 38 ёшли Варди фаолиятини Италияда давом эттиради  1 08:16Алексис Санчес Ла Лигага қайтди  1

"Nasaf" o'yin oldi mashg'ulotlarini o'tkazdi, barcha o'yinga tayyor Yangiliklar

"Nasaf" o'yin oldi mashg'ulotlarini o'tkazdi, barcha o'yinga tayyor

Bugun mahalliy vaqt bilan soat 11:00da Ro'ziqul Berdiev o'z odatiga binoan o'yin oldi mashg'ulotlarini o'tkazdi.
"Nasaf" bosh murabbiyi, o'yin oldi mashg'ulotlarni bir kun avval tushga qadar o'tkazishga odat qilgan. Balki bu bilan murabbiy, futbolchilarning jismoniy holatini takomillashtirishni harakat qilgan.

Mashg'ulotlarda barcha birdek harakat qildi. Anchadan beri ko'rmay qolganimiz, Kenja To'raev ham safda. Darvozabonlar bilan odatga ko'ra Ivankov ishladi. U bir yo'la to'rt nafar shogirdini o'yinga tayyorladi. Ayni paytda "Nasaf"da teng kuchga ega ikki posbon bo'lsada, ertangi o'yinda Eldor Suyunovni darvozada turishini bashorat qilish qiyin emas.

Ertangi o'yin "Nasaf" tarixiga jiddiy o'zgartirish kiritishi mumkin. Ikkinchi tarkibi bilan Qarshiga kelayotgan "Al Ahli"ni mag'lubiyatga uchratsa, qarshiliklar o'z tarixlarida ilk marotaba OCHLning 1/8 finaliga yo'llanmani qo'lga kiritadilar. Bu bosqichda jamoa "Paxtakor"ning guruhdagi raqibi bo'lgan "Al Ayn"ga qarshi bahs olib boradi. Buning uchun "Nasaf"ga omad tilaymiz!

Nodirxo'ja Yuldashev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика