"Nasaf" nazorat o'yinida "Liepaya"ni ishonchli hisobda mag'lub etdi
07 fev 2025 21:36
Yangiliklar
"Nasaf" nazorat o'yinida "Liepaya"ni ishonchli hisobda mag'lub etdi
Uchrashuv jamoamiz nazorati ostida kechdi. Hisob birinchi bo'lim so'nggida vakillarimiz tomonidan ochildi. SHerzod Nasrullaevning chap qanotdan oshirgan uzatmasini SHarof Muhitdinov gol bilan yakunladi — 1:0.
Ikkinchi bo'limning 48-daqiqasida Akmal Mozgovoy Azizjon Ahrorov boshlagan hujumni gol bilan yakunladi — 2:0.
“Ajdarlar” Turkiyadagi yig'in doirasida ikkinchi nazorat uchrashuvini ham g'alaba bilan yakunlashdi.
Turkiya. Antaliya
07.02.2025 | 19:00
“Nasaf” 2:0“Liepaya”
Gollar: SH. Muhitdinov (45), A. Mozgovoy (48).
“Nasaf”: 35. Abduvohid Nematov, 5. G'olib G'aybullaev, 6. Murodbek Rahmatov, 7. Akmal Mozgovoy, 14. SHarof Muhitdinov, 19. Stefan CHolovich, 22. Igor Golban, 28. SHuhrat Muhammadiev, 34. SHerzod Nasrullaev, 79. Azizjon Ahrorov, 99. Rubin Hebay
Zaxiradan maydonga tushganlar: Adhamjon Musulmonov, Diyorbek Asomiddinov, Oybek Bozorov, Davronbek Usmonov, Dilshod Murtazaev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar