“Nasaf” navbatdagi ikki uchrashuvni safarda o'tkazadi
01 apr 2017 11:33
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/247008_original.jpg)
![](/upload/storage/247008_220.jpg)
“Nasaf” navbatdagi ikki uchrashuvni safarda o'tkazadi
Bu yilgi chempionat bahslarini muvaffaqiyatli davom ettirayotgan, “Nasaf” jamoamiz navbatdagi ikki tur uchrashuvini safarda o'tkazadi.
Dastlab, 7 aprel kuni jamoa Olmaliq shahrining “Olmaliq” jamoasi bilan uchrashuv o'tkazadi.
15 aprel shanba kuni esa, Toshkentning “Lokomotiv” jamoasiga qarshi uchrashuv bo'lib o'tadi. Bu uchrashuv shubhasiz 6-turning markaziy uchrashuvi bo'ladi.
“Nasaf” 4-tur uchrashuvidan keyin qisqa muddatli tatilga chiqdi. Futbolchilar ertaga, 2 aprel kuni Qarshi shahridagi o'z qarorgohlarida yig'ilishadi va navbatdagi tur uchrashuviga tayyorgarliklarni boshlaydi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar