So’nggi yangiliklar

01:45Галлас: "Челси"нинг таркиби ЕЧЛ учун курашадиган даражада эмас"  1 01:21"Лестер"нинг собиқ бош мураббийи вафот этди  0 00:43Элдор Шомуродов "Рома" машғулотларига қайтди  6 00:24"Бордо" янада қуйироққа "жўнатилди"  1 23:59Неймар жароҳатидан тикланиши ҳақида: "Барчасини ташлаб юборгим келади"  0 23:23"Барселона" президентлигига собиқ даъвогар: "Лапорта ёлғон гапирди"  1 22:58Конференциялар лигаси. "Астана" ва "Ордабаси" навбатдаги босқичда!  2 22:19Анчелотти - Роналду ҳақида: "У билан барчаси осон"  2 21:55"Фенербахче" "Фиорентина" футболчисини 10 млн еврога сотиб олмоқчи  1 21:33"Интер"нинг собиқ эгалари Португалия клубини сотиб олмоқчи  0 21:02Арнаутович ҳам Фабрегаснинг шогирдига айланиши мумкин  1 20:40"Челси" Лукаку борасида АПЛ клуби билан келишиб олди  4 20:18"Локомотив" янги футболчиларни таништирди ГАЛЕРЕЯ  0 20:00"Ньюкасл" янги мавсум учун сафар либосини намойиш қилди  0 19:38Расман: Килиан Мбаппе Европадаги энг ёш президентга айланди  3

"Nasaf" - "Navbahor" o'yinidan oldin sodir bo'lgan vaziyat: Kim aybdor? Yangiliklar

"Nasaf" - "Navbahor" o'yinidan oldin sodir bo'lgan vaziyat: Kim aybdor?

Teglar :  NasafNavbahor
"Championat.asia" sayti "Nasaf" - "Navbahor" o'yinidan oldin sodir bo'lgan vaziyatni o'rganishga harakat qildi.

Avvalo shuni qayd etish kerakki, Superliganing 16-turi doirasidagi "Nasaf" - "Navbahor" o'yinidan oldin qarshiliklarning 3 nafar futbolchisiga maydonga tushishga ruxsat yo'qligini malum qilingan. Sababi sifatida esa Umar Eshmurodov, Maqsud Karimov va Islom Rashidxonovlarning yaqinda topshirilgan normativ testlardan muvaffaqiyatli o'tolmagani aytilgan.

Muammo shundaki, "Nasaf" ushbu futbolchilarni maydonga tusha olmasligini o'yinga 2-3 soat vaqt qolganidan xabardor bo'lgan. Tabiiyki murabbiy Ro'ziqul Berdiev o'yin kuni, yani uchrashuvdan oldinroq asosiy tarkib futbolchilarini aniqlagan va qo'l ostidagi ushbu 3 nafar futbolchini boshlang'ich tarkibga kiritgan holda bahsga reja tuzgan.

Xush, aslida nima bo'lgan? "Nasaf" nega o'yin kuni, uchrashuv boshlanishiga sanoqli daqiqalar qolganida bundan xabardor bo'lgan? PFL nega buni ertaroq malum qilmagan? SHu va boshqa savollarga javob topish maqsadida "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev, klub sport direktori Nikolay Minchev va PFL bosh direktor maslahatchisi Diyor Imomxo'jaevga murojaat qildik.

"Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev: - "Jamoa Toshkentda normativ testlarni topshirgandi. O'shanda normativ testni olgan mutaxassislar bu shunchaki o'zimiz uchun, hali sal vaqt o'tgach umumiy yana normativ testlarni topshiriladi, deb aytishgan. SHu boisdan ham normativ testlardan o'ta olmagan futbolchilar xizmatidan foylanishimiz mumkinligiga ishongan holda o'yinga taraddud ko'rgandik". 

"SHaxsan menga hech kim bu borada lom-lim degani yo'q. Men o'yin boshlanishiga 2 soat vaqt qolganida normativdan o'tolmagan futbolchilar xizmatidan foydalana olmasligimiz haqida xabar topdim. Bu tabiiyki o'yinga tuzgan rejalarimizni buzib qo'ydi. CHunki Umar Eshmurodov, Maqsud Karimov va Islom Rashidxonov asosiy tarkibga kiritilgandi". 

"Agarda menga ushbu futbolchilar o'ynashiga ruxsat tegmagani aytilganida tayyorgarlikni shunga qarab ko'rardim. Hech qanday muammoga hojat qolmasdi. O'yin boshlanishiga 2 soat vaqt qolganida uchrashuv komissari quyidagi futbolchilarni qaydnomaga kirita olmasligini aytishi meni hayron qoldirdi. CHunki meni bilishimcha, klubga bu borada PFLdan hech qanday rasmiy xat kelmagan. Har holda xat kelganida klub vakillari meni bundan xabardor qilishgan bo'lardi". 

"PFL buni atayin qildi deya olmayman. Ammo murabbiy sifatida juda qiyin holatga tushib qoldim. O'yinga tuzilgan reja buzildi, kutilmaganda asosiy tarkib o'zgarib ketdi. Natijada hali Superligada o'ynamagan yoshlarni maydonga tushirishga to'g'ri keldi. Ular yomon o'ynashmadi, ammo kutilgan natijaga erisha olmadik. Birinchi marotaba bunday holatga tushishim. SHundoq ham jamoamizni bir qator etakchilar tark etishgan. Kamiga o'yin paytida ham jarohat tufayli majburiy ikkita o'zgarishga qo'l urishga to'g'ri keldi. O'ylaymanki, PFL keyinchalik bunday tushunmovchiliklarga yo'l qo'ymaydi".


"Nasaf" sport direktori Nikolay Minchev: - "Menga PFL sport bo'limidan o'yin boshlanishiga 3 soat qolganida qo'ng'iroq qilishdi va normativ testlardan o'tolmagan futbolchilarga o'ynashga ruxsat yo'qligi aytildi. Klubga bungacha va o'sha kuni ham normativ teslardan o'tolmagan futbolchilar borasida rasmiy xat kelmadi. Bor gap shu. Agarda rasmiy xat kelganida hech qanday tushunmovchilik bo'lmasdi".


PFL bosh direktori maslahatchisi Diyor Imomxo'jaev: - "PFL yil boshida barcha klublarga xat yuborgan va normativ testlardan o'tolmagan futbolchilar o'yinlarga qo'yilmasligi haqida ogohlantirgan. Superliganing dastlabki turlarida normativ testlardan o'tolmagan futbolchilar ishtirok etishmagan. O'shanda hech qanday muammo bo'lmagandi". 

"Bu galgi normativ testlarni topshirgan Superliganing 11 klubi ichidan hech biri bu borada muammo bo'lmadi. Ko'plab jamoalarning futbolchilari normativ testlaridan o'ta olishgani yo'q. Ammo o'sha klub vakillari PFLga kelib, ular ustida ish olib borishlari borasida tushuntirish berishdi. Keyinchalik esa ularga o'ynashga ruxsat olishdi. Hech qanday muammo bo'lgani yo'q". 

"Ammo birgina "Nasaf" bunga mutlaqo beparvo qaradi. Klubdan hech kim normativ topshirgan futbolchilar taqdiri haqida o'ylamadi, qayg'urmadi. Hech kim so'ragani ham yo'q. SHu boisdan ham o'yindan oldin ularga qo'ng'iroq qilib yana bir bor qaysi futbolchilar o'ynolmasligi haqida ogohlantirdik. Bunday beparvolik, etiborsizlik birgina "Nasaf" tomonidan bo'ldi". 

"Normativ testlardan o'tolmagan futbolchilar Superliga o'yinlariga qo'yilmasligi haqida barcha biladi. "Nasaf" bundan bexabar qolishi mumkin emas. Normativ testlarni topshirishganidan so'ng ularga qaysi futbolchilar o'tolmagani haqida aytilgan. Buyog'iga "Nasaf"ga har bir masala bo'yicha alohida rasmiy xat yuboramiz. Bu bir tomondan saboq bo'ldi, buyog'iga har qanday masala bo'yicha klublarga rasmiy xat yuborishga to'g'ri keladi. Mayli, shunday qilamiz. Boshqachasiga klublar tushunmaskan". 

"Masalan normativ testlar bo'yicha "Bunyodkor"dan shaxsan bosh menejer Murod Aliev va bosh murabbiy Mirjalol Qosimovni o'zlari kelib shug'ullanishdi. Barcha klublar normativ testlarga jiddiy qarayapti, "Nasaf" esa umuman parvo ham qilmadi. Normativ testni olgan mutaxassislarni PFLga hech qanday aloqasi yo'q. Ular testlarni olib, natijasini bizlarga taqdim qilishadi. Qarorni esa PFL qabul qiladi. Normativ testlarni olgan qaysi mutaxassis "Nasaf"ga testdan o'tolmagan futbolchisiga o'ynashga ruxsat bergan? Bu ularni vakolatidagi ish emas".

- Telefon qo'ng'irog'i qachondan rasmiy kuchga ega bo'ldi?
- Yo'q, telefon qo'ng'irog'i rasmiy kuchga ega emas. Tan olaman, rasmiy xat yubormaganimiz bizni aybimiz. SHunchaki yil boshida barcha klublarga rasman xat yuborilgan va tushuntirilgan. Balki "Nasaf"da rahbariyat o'zgargani ham tasir ko'rsatgandir. Yangi kelgan rahbarlar bundan bexabar bo'lib, yil boshida kelgan xatlarni o'rganib chiqishmagan. Aytyapmanki, bu bizga ham saboq bo'ldi. Buyog'iga klublarga har bir masala bo'yicha rasmiy xat yuboramiz. "Nasaf"ga esa har bir futbolchi borasida alohida rasmiy xat yuborish kerakka o'xshaydi.

- Superliga o'yinlariga komissarlar tayinlanadi va uchrashuvdan bir kun oldin klub rasmiylari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tadi. O'sha yig'ilishda nega uchrashuv komissari "Nasaf"ni bundan ogohlantirmagan? Vaholanki, komissarni zimmasidagi ishga bu ham kiradi. Masalan OCHL, ECHL yoki istalgan musobaqalarda o'yindan oldingi mitingda bu narsalardan komissar klub rasmiylarini xabardor qiladi. Masalan OCHLda garchi klub vakillari bundan xabardor bo'lishsada komissar har doim qaysi futbolchida ikkita sariq kartochka yoki diskvalifikaciya borligini eslatib, yana bir bor ularni ogohlantirib qo'yadi. CHunki eslatib, ogohlantirib qo'yish ularni zimmasidagi ish.  Bizda esa komissarlar nima ish qilishayotgani tushunarsiz. PFL kimni istasa komissar qilib tayinlayveradimi?
- Komissarlar borasida etarlicha etirozlar kelib tushmoqda. PFL buyog'iga komissarlar bilan ham jiddiy shug'ullanadi. Endilikda o'quvi past va tajribasiz komissarlar Superliga o'yinlariga qo'yilmaydi.


Xulosa o'rnida shuni aytish kerakki, PFLni yo'l qo'ygan xatosi bu klubni rasman bu haqda ogohlantirmaganida bo'ldi. Har holda bunday ishlarda klublarni rasmiy xat orqali ogohlantirish lozim. Kamida o'yindan oldin klub rasmiylari o'rtasida bo'lib o'tgan yig'ilishda komissar "Nasaf"ni bu haqda ogohlantirmagani ham PFL gardaniga tushadi. "Nasaf" PFL aytganidek beparvolik qilgani ham haqiqat. 


Ammo klub rasmiy xat kelmagani uchun xotirjam bo'lgan. PFL haqligi shundaki, futbolchilar belgilangan normativ testlarini topshirolmagach o'yinga qo'yilmasligi aniq. Lekin "Nasaf"ni haq tarafi borki, ularni hech kim bu borada rasman ogohlantirmagan. Og'zaki gap yoki telefon qo'ng'irog'i bu hech qanday rasmiy tusga ega emas. PFL buyog'iga ushbu ishlardan to'g'ri xulosa qilgan holda har bir kichik detallarga qadar etiborli bo'lishi lozim.


SHahboz Beg'amov.

Reyting: -109   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика