"Nasaf": Murzoev va Salomov sobiq jamoasiga qarshi...
07 avg 2015 17:17
Yangiliklar


"Nasaf": Murzoev va Salomov sobiq jamoasiga qarshi...
“Nasaf”ning oliy liga 17-turidagi raqibi “Olmaliq” jamoasi futbolchilari ayni paytda Qarshi shahriga etib kelishgan va shahar markazidagi “Nasaf-travel” mehmonxonasidan qo'nim topishgan.
Bugun soat 19:00 da Igor SHkvirin jamoasi “Markaziy” stadionda o'yinoldi mashg'ulotlarini o'tkazishadi.
Jamoaning ikki nafar azosi diskvalifikaciya tufayli maydonga tusha olmasligi haqida xabar bergandik. Etiborli tomoni, ayni paytda SHkvirin jamoasi safida to'p tepayotgan ikki nafar futbolchi ertaga sobiq jamoasi – “Nasaf”ga qarshi maydonga tushishi mumkin. Bekobodlik hujumchi Kamoliddin Murzoev (2009-2010) va buxorolik SHavkat Salomov (2010) aynan “Nasaf”da Viktor Kumikov va Anatoliy Demyanenko murabbiyligi paytda to'p tepishgan. 2009 yilgi mavsumda Olmaliqda kechgan bahsda (“Olmaliq” – “Nasaf” 0:2) Kamoliddin Murzoev “Nasaf” tarkibida “Olmaliq” darvozasiga gol ham urishga erishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar