So’nggi yangiliklar

11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:45МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди  2 10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   2 09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  13 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  5 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  5 08:15Луиджи Ди Бияджо: "Рақиб ғалабага лойиқ ўйин намойиш қилди"  1 07:56"Насаф" бразилиялик ярим ҳимоячига таклиф билан чиқди  9 07:28Расман. "Бунёдкор"ни яна бир асосий таркиб футболчиси тарк этди  3 01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  3 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  7 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  6

"Nasaf" murabbiyi SHuhrat Toshpo'latov: "Bugun O'zbekistonning eng kuchli jamoasiga qarshi maydonga tushdik" Yangiliklar

"Nasaf" murabbiyi SHuhrat Toshpo'latov: "Bugun O'zbekistonning eng kuchli jamoasiga qarshi maydonga tushdik"

Coca Cola Superligasining 9-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Navbahor" uchrashuvidan keyin mehmonlar yordamchi murabbiyi SHuhrat Toshpo'latov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Qiziqarli o'yin guvohiga aylandik. Bugun O'zbekistonning eng kuchli jamoasidagi futbolchilarga qarshi maydonga tushdik. SHunga qaramasdan, to'p nazorati ko'proq bizda edi. Afsuski, mavjud vaziyalardan foydalana olmadik. SHu sababli, durangga rozi bo'ldik. Yigitlarga katta rahmat, ular shijoat bilan maydonga chiqishdi. Raqibga deyarli imkoniyat bermadik. Xatolarni to'g'rilash ustida ishlaymiz. 

- Bugungi natijadan qoniqdingizmi?

- Albatta. G'alaba qozonishni barcha xohlaydi. Lekin bugun biz g'alabaga ko'proq loyiq edik. 

- SHogirdlaringiz topshiriqlarni qay darajada bajardi?

- Yigitlar bugun bor shijoatini namoyish etishdi. "Navbahor" biz uchun principial raqib sanaladi. CHunki ular ham chempionlik uchun kurashmoqda. SHogirdlarim har o'yinda maksimal harakat qiladi. Birinchi bo'limda vaziyatlar yaratdik, ammo to'liq yakuniga etkazolmadik. SHu bilan birga, darvozamiz daxlsizligini saqlab qola oldik. 

- Joriy mavsum "Nasaf" hujumchilari yo'qolib qolishmoqda. Bugungi o'yinda ham asosiy xavfli vaziyatlar himoyachilar tomonidan uyushtirildi. SHu bois, hujumchilar borasida taktik o'zgarishga qo'l o'rsa bo'lmaydimi jamoa?

- Mavjud himoyachilarimizdan foydalanishga harakat qilyapmiz. Har bir o'yinda golli vaziyatlar yaratyapmiz. Faqatgina vaziyatlardan unumli foydalana olmayapmiz. 

- Jamoaning tojikistonlik legioneriga o'yin amaliyoti berilmayapti...

- Bu haqda ko'p savol berilmoqda. U harakat qilayotgan poziciyada hozir Nasrullaev yaxshi harakat qilmoqda. Sababi shu.

- Bugungi o'yindagi o'zgarishlarni Ro'ziqul Berdiev bilan kelishilgan holda amalga oshirdingizmi yoki bu mustaqil qaroringizmi?

- Tanaffusda Ro'ziqul aka bergan ko'rsatmalariga binoan vaziyatga qarab o'zgarishlarni amalga oshirdik. Masalan, Abdurahimovni hujumni kuchaytirish maqsadida maydonga tushirdik. Mannonovni esa toliqqani va oyog'ida engil jarohat sezilgani uchun zaxiraga oldik. 

- Siddiqov doim yaxshi o'ynaydi. Lekin bugun negadir uni ham almashtirdingiz...

- Javohir himoyada ham, hujumda ham ko'p harakat qiladi. Uni ham vaziyat taqozo etgani uchun zaxiraga oldik.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика