So’nggi yangiliklar

20:44Гвардиола Гюндоган ва "Барселона"га ёрдам бермоқчи  1 20:25Мората ажрашяпти. Альваро хиёнат қилдими?  3 20:10Суперлига. "Навбаҳор" – "Бунёдкор" 1:2 (матнли трансляция)  60 19:49Анри Франция ёшлар терма жамоаси билан шартномасини бекор қилди  0 19:212 карра Ўзбекистон чемпиони Боян Миладинович Сербия жамоаси мураббийига айланди  3 18:58FourFourTwo АПЛ тарихидаги энг кучли ҳимоячилар рўйхатини эълон қилди. Видич кучли бешликда йўқ  5 18:15Ўзбекистон футзал МТЖ Францияга ютқазди  5 17:54АПЛ тарихидаги энг яхши ҳужумчилар рўйхати эълон қилинди. Ҳоланд ва Кейн топ-10 таликдан жой олди  7 17:23Хитой футбол ассоциацияси собиқ вице-президенти 11 йиллик қамоқ жазосига ҳукм қилинди  8 16:55"Ал Насср" Роналдунинг ёнига Мессини олиб келса ҳам, "Ал Ҳилол"ни енга олмайди"  23 16:34FourFourTwo портали АПЛ тарихидаги энг яхши дарвозабон номини эълон қилди, бу Шмейхель эмас  6 16:12Манба: Эмери Феликсга ҳар куни қўнғироқ қилмоқда  2 15:50Перуда ғалати ҳодиса: футболчи ўйин пайтида қовуғини бўшатди  8 15:28Клопп қайтмоқда!  5 15:07Холанд: "Қизиқчи йигит"  2

"Nasaf" muhim bahsga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda (FOTOGALEREYA) Yangiliklar

"Nasaf" muhim bahsga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda (FOTOGALEREYA)

Ertaga Qarshida Oliy liganing 15-turidan o'rin olgan markaziy o'yini "Nasaf" - "Lokomotiv" jamoalari o'rtasidagi bellashuv bo'lib o'tadi.
Ushbu bahs har ikkala jamoalar uchun muhim sanaladi. Ro'ziqul Berdiev jamoasi uchun bu o'yin chempionlik poygasidagi hal qiluvchi uchrashuv desak mubolag'a bo'lmaydi. Agarda "ajdarlar" g'alaba qozongudek bo'lishsa, unda "Nasaf" chempionlik bahsida kurash olib borish imkoniyatini saqlab qoladi. Aksincha bo'ladigan bo'lsa, vaziyat yanada chigallashadi va chempionlikka asosiy davogar bo'lib turgan "Lokomotiv"ni o'zlaridan yanada uzoqlashtirib yuborishadi.

Turning markaziy o'yini oldidan "Nasaf" klubi qarorgohida jamoaning o'yinoldi mashg'ulotlar jarayonini kuzatdik.

Sizga buni fotomaqola tarzida taqdim etamiz.

SHohruh Gadoev jarohatidan forig' bo'lgan va katta ehtimol bilan "Lokomotiv"ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin

Artur Gevorkyan hozirda to'purarlar bahsida etakchilik qilmoqda. Turmanistonlik futbolchi ertaga Ignatiy Nesterov darvozasini ishg'ol etib, o'z ko'rsatkichini yanada yaxshilab olish niyati borligini yashirmayapti

Mavsum oldidan "Lokomotiv" jamoasi jiddiy ravishda Eldor Suyunovga katta qiziqish bildirgan edi. Lekin Suyunov o'z jamoasini almashtirishni istamagandi. "Nasaf" kiperi ertaga "temiryo'lchilar" bilan bo'ladigan bahsga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda

"Lokomotiv" himoyachilariga katta "muammo" bo'lishi kutilayotgan Artur Gevorkyanning kayfiyati yuqori

O'tgan mavsumda "ajdarlar" tarkibiga kelib qo'shilgan Laziz Ubaydullaev o'yinlarda "ko'rinmay" qolgandi. Mashg'ulotda ushbu futbolchini ko'rishga muvaffaq bo'ldik. Ayni paytda "SHo'rtan" jamoasining sobiq azosi "Nasaf"ning asosiy tarkibiga kirish uchun kurash olib bormoqda

Ro'ziqul Berdiev bilan muhim o'yin oldidan suhbatlashdik. Bu haqida ertaga "SA"da o'qiysiz

Ilhom SHomurodov birinchi davradagi o'yinda Ignatiy Nesterov darvozasini ishg'ol etib, jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qolgan edi

Foto: Sardor Nurov

SHahboz Beg'amov tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика