“Nasaf” mashg'ulotlarni davom ettirmoqda
19 dek 2014 17:15
Yangiliklar

“Nasaf” mashg'ulotlarni davom ettirmoqda
15 dekabrdan yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yuborgan “Nasaf” futbolchilari ayni paytda o'z qarorgohlari va “Markaziy” stadionda mashg'ulotlarni o'tkazishmoqda.
Mavsumlar oralig'ida jamoa tarkibida o'zgarishlar bo'lishi tabiiy hol. Hozircha yakunlangan mavsumda jamoa tarkibida to'p tepgan barcha futbolchilar “Nasaf” bilan yangi mavsumga hozirlik ko'rishmoqda. Kuni kecha jamoa sardori Artur Gevorkyan klub mashg'ulotlariga kelib qo'shilgan bo'lsa, yaqinda Moskvada jarrohlik amaliyotini o'tab qaytgan hujumchilar Kenja To'raev va Azamat Allaniyazov jarohatlarini tiklash bilan band. SHuningdek, jamoa tarkibiga o'rinbosarlar jamoasidan Dilshod Xushbakov, Aziz G'aniev va Najmiddin Normurodov singari futbolchilar ishtirok etishmoqda.
Yangi yilga qadar “Nasaf” mashg'ulotlari Qarshi shahrida davom ettiriladi va viloyatimiz jamoalaridan biri bilan nazorat uchrashuvi o'tkazilishi ko'zda tutilgan. 26 dekabr kuni “Nasaf” futbolchilariga O'zbekiston chempionati bronza medallari tantanali ravishda topshiriladi.

Fikrlar