So’nggi yangiliklar

17:23АПЛнинг топ-клублари "Кристал Пэлас" вингерига қизиқишмоқда  0 17:10Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор", "Нефтчи" ва "Металлург" иштирокидаги ўйинлар давом этмоқда  2 16:56"Бу буюк мамлакат – Ўзбекистондаги биринчи ФИФА турнири бўлади" — Жанни Инфантино  4 16:30"Барселона" мухлисларининг Париждаги хатти-ҳаракати учун жаримага тортилди  1 16:01"Барселона" Ханси Фликни эҳтимолий бош мураббий деб ҳисобламайди  2 15:32"Манчестер Юнайтед" 3 нафар ҳимоячига қизиқиш билдирмоқда  0 15:00Ибороҳимҳалил Йўлдошев: "Қайрат" жамоаси мени илиқ кутиб олди ва жамоага яхши киришиб кетдим. Корея ва Япония терма жамоалари Осиё кубогида фаворит"  1 14:58Нагельсманн "немис машинаси" билан шартномани узайтирди  2 14:32Футзал бўйича ФИФА Жаҳон чемпионати-2024 мезбон шаҳарлари эълон қилинди  13 14:15Ўзбекистон клублари нега доим футболчилардан қарз бўлаверади? Камолиддин Мурзоев билан интервью  5 14:07Ўзбекистонлик ҳакам футзал бўйича Осиё Кубоги 2-турига тайинланди  0 13:51"Бавария" ҳимоячиси ёзда жамоани тарк этишни истамаяпти  0 13:25"Барселона" ярим ҳимоячиси билан шартномани узайтирмоқчи  0 12:57"Реал" вингери "Барселона"га қарши ўйинни ўтказиб юбориши мумкин  5 12:30МЮ ҳужумчисига харидорлар маълум қилинди  2

5ta gol, ekstra-taym va Kaluderovichning oltin goli. "Nasaf" finalda! Yangiliklar

5ta gol, ekstra-taym va Kaluderovichning oltin goli. "Nasaf" finalda!

OFK kubogi yarim finali doirasidagi "Nasaf" - "Li Man" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


OFK kubogi. Yarim final
"NASAF" (O'zbekiston) - "LI MAN" (Gonkong) 3:2 (TUGADI)
20 oktyabr 2021 yil. Qarshi. "Markaziy" stadion. 18:00
Hakamlar: Moud Bonyadifard, Ali Mirzabegi, Said Qosimi, Bijan Xaydari (barchasi Eron)
Nazoratchi: Ali Ahmad Al Badvavi (BAA)
Komissar: Muhammad Said Al Xattavi.

Gol: Fernando Resio (avtogol) 4, 1:0, Husayn Norchaev 26, 2:0, Jivanilton Ferreyra 46, 2:1, Xose Anxel 64, 2:2, Andriya Kaluderovich 105, 3:2

"Nasaf": 1.Umidjon Ergashev, 4.Husniddin Aliqulov ( 5.G'olib G'aybullaev, 56) , 8.Dilshod Saitov (15.Jo'rabek Mannonov, 103), 10.Bahrom Abdurahimov (99.Andriya Kaluderovich, 79), 19.Husayn Norchaev (7.Doniyor Narzullaev, 107), 20.Suhrob Nurulloev (50.SHohmalik Komilov, 104), 22.Akmal Mozgovoy, 34.SHerzod Nasrullaev, 77.Oybek Bozorov, 88.Marko Stanoevich, 92.Umar Eshmurodov.
Zaxira: 13.Azamat Soyibov, 2.Alibek Davronov, 28.Sardor Sadullaev, 70.Abubakr Rizo Turdaliev, 71.Jasur Jumaev,

"Li Man" (Gonkong): 88.Yuen Xo CHun, 2.Fernando Resio, 3.Cui Vang Kit (21.Cang Kam To, 113), 5.YU Vay Lim (29.YU Pui Xong, 106), 10.Jonatan Akosta (, 44.Yuto Nakamura 99), 13.Diego Eli Moreyra, 14.Xose Anxel Martin, 16.Ngan Lok Fung, 26.Vong CHun Xo, 91.Jivanilton Ferreyra, 99.Kim Son Yong (11.CHeng Siu Kvan, 74)
Zaxira: 1.Ko CHun Uilson, 6.Vong Xo CHun Anson, 7.Li Xong Lim, 28.CHan Ka Xo,  31.Yung Xui To

Ogohlantirish: YU Vay ("Li Man") 37, Jonatan Akosta ("Li Man") 50, Umidjon Ergashev ("Nasaf") 64, Umar Eshmurodov ("Nasaf") 69, Cui Vang Kit ("Li Man") 90+2, Andriya Kaluderovich ("Nasaf") 106, Diego Eli ("Li Man") 107


YANGILASH



Uchrashuv yakunlandi. "Nasaf" OFK kubogi finalida. 

113. O'ZGARISH. "Li Man", Cui Vang Kit o'rniga Cang Kam tushdi. 

107. OGOHLANTIRISH. "Li Man", Diego Eli. 

107. O'ZGARISH. "Nasaf", Husayn Norchaev o'rniga Doniyor Narzullaev maydonga tushdi. 

106. O'ZGARISH. "Li Man",  YU Vay o'rniga Pui YU maydonga tushdi. 

Ikkinchi ekstra taym boshlandi. 

Birinchi ekstra-taym yakunlandi. 

105. OGOHLANTIRISH. Andriya Kaluderovich kiyimini echib nishonlagani uchun ogohlantirildi. 

106. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. KALUDEROOOOOOOOOOOVICH. Ajoyib gol. SHerzod Nasrullaevning chap qanotdan bergan pasini Andriya Kaluderovich aniq zarba bilan darvozaning narigi burchagini aniq nishonga oldi. 

104. O'ZGARISH. Suhrob Nurulloev o'rniga SHohmalik Komilov tushirildi. 

103. O'ZGARISH. "Nasaf", Dilshod Saitov o'rniga Jo'rabek Mannonov maydonga tushdi. 

101. Dilshod Saitovga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Jarima zarbasi juda qulay nuqtada. Markoning nuqtasi. 

99. O'ZGARISH. "Li Man", Jonatan Akosta o'rniga Yuto Nakamura tushdi. 

96. EXXXXXXXX. Nasrullaevning ajoyib pasini Norchaev boshi bilan darvozaga yo'llashda adashdi. 

Birinchi ekstra taym boshlandi. 

Uchrashuvning asosiy daqiqalari yakunlandi. 15 daqiqadan 2ta qo'shimcha bo'limlar ko'ramiz. 

90+3. ZARBAAAAAAA, EXXXXXXXXX. Marko Stanoevichning yuqorilatib uzatgan to'pi Kaluderovich oyoqlari bilan darvozaga yo'lladi. Sal qoldi. To'p darvoza to'sini yonginasidan o'tib ketdi

90+2. OGOHLANTIRISH. "Li Man", Cui Vang Kit

90+1. Ketma ket zarbalar. Lekin noaniq. 

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

89. ZARBAAAAA. Umidjon Ergashev Jivaniltoning yorib kirib yo'llagan zarbasini qaytarib qoldi. 

87. "Nasaf" bosimni oshirmoqda. Ikkinchi qavatdan uzatmalarga etibor qaratmoqda. Kaluderovichning zarbasini darvozabon ushlab oldi. 

84. UXXXXX. Oybek Bozorovning zarbasi keskin tus oldi. 

79. O'ZGARISH. "Nasaf", Bahrom Abdurahimov o'rniga Andriya Kaluderovich tushdi. 

74. O'ZGARISH. "Li Man", Kim Song Yong o'rniga CHeng Siu Kvan maydonga tushdi. 

69. OGOHLANTIRISH. "Nasaf", Umar Eshmurodovga sariq kartochka ko'rsatildi. 

64. GOL. Xose Anxel penaltini aniq amalga oshirdi. 

64. OGOHLANTIRISH. "Nasaf", Umid Ergashevga sariq kartochka ko'rsatildi. 

64. PENALTI. "Nasaf" darvozasi tomon penalti belgilandi. 

56. O'ZGARISH. "Nasaf", Husniddin Aliqulov o'rniga G'olib G'aybullaev maydonga tushdi. 

Uchrashuvda urilgan gollarni telegramdagi rasmiy kanalimizda tomosha qilish mumkin. KANALGA O'TISH (https://t.me/championatasia)

50. OGOHLANTIRISH. "Li Man", Jonatan Akosta SHerzod Nasrullaevga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun ogohlantirildi. 

46. GOL. "Li Man" ikkinchi bo'lim boshlanishi bilan hisobni qisqartirdi. Umar Eshmurodov oddiy vaziyatda to'pni raqibiga sovg'a qildi. Jivanilton Ferreyra gol muallifiga aylandi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus!

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

37. OGOHLANTIRISH. "Li Man", YU Vay

30. ZARBAAAAAAAAA. Dilshod Saitovning zarbasini darvozabon qaytardi.

26. GOOOOOOOOOOOOOOOL. Oybek Bozorov chap qanotdan tezlik bilan yorib kirib to'pni oshirdi. Darvozabon qo'li bilan qaytargan to'pni Husayn Norchaev osonlikcha darvozaga kiritib yubordi. 

22. ZARBAAAAAAA. Akmal Mozgovoyning zarbasini raqib darvozaboni qiyinchilik bilan qaytardi. 

20. Oybek Bozorovning goli hisobga olinmadi. U o'yindan tashqari holatda qolgandi. 

19. "Nasaf" hujumlar sonini oshirdi. Mehmonlar chakki himoyalanmayapti. Oybek Bozorov aldab kirib zarba yo'lladi. Raqib posboni mahoratini ko'rsatdi. 

14. ZARBAAAAAAAAAAAA. Marko Stanoevichning zarbasi juda xavfli chiqdi. "Li Man" posboni to'pni qaytarib yubordi. Mezbonlar ketma-ket burchak zarbasini ishlamoqda. 

4. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. "Nasaf" uchrashuvda tezkor gol urdi. Suhrob Nuruloevning burchakdan oshirgan uzatmasidan so'ng to'p raqib himoyachisining tizzasiga tegib darvrzadan joy oldi. 

1. "Nasaf"ning ilk hujumini raqib himoyachilari qaytardi. 

O'yin boshlandi. 

Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. 

- Uchrashuv soat 18:00da boshlanadi.

Reyting: +66   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика