So’nggi yangiliklar

09:22Иззатилло Пўлатов: "Халқимиз қўллаб-қувватлаб турса, барчасига бирга эришамиз"  0 08:46Одил Ҳамробеков "Трактор"да норасмий дебютини ўтказди  0 08:21"Манчестер Юнайтед" беш футболчига базага киришни тақиқлади — клуб улардан воз кечмоқчи  4 08:00"Финалиссима-2026": Испания ва Аргентина ўртасидаги супероқшом март ойида бўлиб ўтади  1 07:35Мутолаа учун. Раньери, Моуриньо, Карпин. Шомуродов энди туркиялик мураббий билан ишлайди. Аввалги мутахассислар билан қандай саргузаштлар бўлган?  0 01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  6 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  2 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  6 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  3 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  5 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  2 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  11 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0

“Nasaf” klubiga bronza medallar topshirildi Yangiliklar

“Nasaf” klubiga bronza medallar topshirildi

2013 yilgi mavsumda oliy ligada sovrindorlar safidan joy olgan “Nasaf” futbolchilariga kecha bronza medallari tantanali ravishda topshirildi.
Marosim avvalida Qashqadaryo viloyati hokimi, viloyat futbol federaciyasi prezidenti Zafar Ro'ziev futbolchilarni tabriklab, kelgusi mavsumda jamoa azolari faqat oltin medallar uchun kurashishlari lozimligini alohida takidladi.

-“Nasaf” o'ziga xos tarixga va o'ziga xos mavqega ega bo'lgan jamoa hisoblanadi. Yakunlanayotgan mavsumda “Nasaf” chempionatni sovrindorlar safida yakunlab, minglab muxlislarni xushnud etdi. Yangi mavsumda jamoa oldida yanada masuliyatli uchrashuvlar, musobaqalar kutib turibdi. Yangi 2014 yilgi mavsumda jamoa mamlakat birinchiligi bellashuvida eng oliy o'rini – oltin medallarni qo'lga kiritish uchun harakat qiladi. Buning uchun biz, klub homiylari jamoaga barcha sharoitlarni yaratib berishadi, deya takidladi viloyat rahbari.

SHundan so'ng O'zbekiston professional futbol ligasi rahbari Farhod Magomedov ham bu mavsum “Nasaf” uchun omadli kelganini va yangi mavsumda jamoa azolari bundanda yuqori muvaffaqiyatlarga erishishlarida omadlar tiladi. So'ngra “Nasaf” futbol jamoasi azolariga chempionat bronza medallari tantanali ravishda topshirildi. Tadbir davomida bir qator nominaciyalar bo'yicha jamoa ishqibozlari tomonidan eng yaxshi deb topilgan futbolchilarga ham maxsus sovrinlar topshirildi. Jumladan, “eng yaxshi darvozabon” nominaciyasida Eldorbek Suyunov, “eng yaxshi himoyachi” nominaciyasida Botir Qoraev, “eng yaxshi yarim himoyachi” nominaciyasida SHohruh Gadoev, “eng yaxshi hujumchi” nominaciyasida Azamat Allaniyazov, “Jamoa to'purari” nominaciyasida Artur Gevorkyan, “Mavsumning eng yaxshi futbolchisi” nominaciyasida Ilhom Yunusov etirof etilishdi.
 
Marosimda "SHo'rtangazkimyo" majmuasi direktori vazifasini bajaruvchi Bahrom Mansurov, “Futbol sharhi” ko'rsatuvi muallifi Zafar Imomxo'jaev,  Qarshi neft bazasi direktori SHodi Nomozov va boshqalar so'zga chiqishib, jamoa azolarini chin dildan tabriklashdi. Yangi mavsumda yangi g'alabalar yor bo'lishiga tilak bildirishdi.   

SHuningdek, tadbirda yil davomida jamoani qo'llab-quvvatlab kelgan bir qator ishqibozlar, tashkilotlarga “Nasaf” futbol klubining tashakkurnomalari topshirildi. Marosimda el sevgan sanatkorlar ijrosidagi kuy-qo'shiqlar yig'ilganlarni xushnud etdi.

Marosimning to'liq fotogalereyasi quyidagi manzilda.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика