So’nggi yangiliklar

08:20`Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  1 02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  44 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1

“Nasaf” jamoasi ertadan yig'inni boshlaydi Yangiliklar

“Nasaf” jamoasi ertadan yig'inni boshlaydi

Teglar :  Nasaf
“Nasaf” jamoasining bugun yangi yil bayrami munosabati bilan berilgan tatil muddati o'z nihoyasiga etadi.

Jamoa ertaga yani 3 yanvar kuni o'z qarorgohida yig'inni boshlaydi.

Albatta muxlislarning ayni paytda eng qiziqtiradigan jihat jamoa tarkibida bo'ladigan o'zgarishlardir.

Jamoani hali rasman hech qaysi futbolchi tark etmagan bo'lsada, bizni va barcha muxlislarni tashvishga soladigan holat, hanuzgacha klubning futbolchilar bilan yangi mavsum uchun shartnomalar tuzmaganligidir.

“Nasaf”ning ko'pdan-ko'p futbolchilariga mamlakatimiz oliy ligasida ishtirok etadigan etakchi jamoalardan takliflar bo'layotganligi biz muxlislarni juda tashvishga soladi. Qolaversa, jamoa uchun bu yilgi futbol mavsumi ham boshqalarga qaraganda erta boshlanadi. “Nasaf” jamoasi 19 fevral kuni “Paxtakor”ga qarshi O'zbekiston Superkubok bahsini o'tkazsa, shundan keyin OCHL-2016 bahslariga kirishadi.

“Nasaf” jamoasi nafaqat ichki chempionatda balki bu yil ham qitamizning nufuzli futbol musobaqasi bo'lmish – Osiyo chempionlar ligasida yana yurtimiz shanini himoya qilishini hisobga olsak. Jamoa o'z tarkibini saqlabgina qolmay balki, jamoani yanada kuchli futbolchilar bilan kuchaytirishiga to'g'ri keladi. Bunga imkoniyat bormi? Albatta bor! Faqat buni amalga oshirishga etibor va harakat bo'lsa bo'ldi.

Umid qilamizki, futbolchilar bilan yaqin kunlarda shartnomalar imzolanadi va jamoa ko'tarinki ruhda yangi mavsum tayyorgarligini davom ettiradi. SHoyatki, shunda biz muxlislarning ham xotirimiz jam bo'lsa.

Bizga malum bo'lishicha, jamoaning yaqin vaqtdagi tayyorgarlik rejalari quyidagicha bo'lishi mumkin, tayyorgarlik mashg'ulotlari 16 yanvargacha Qarshi shahridagi klub bazasida olib boriladi. SHundan so'ng futbolchilarga qisqa muddatli dam olishga ruxsat beriladi. Agar hammasi ko'ngildagidek bo'lsa, jamoa keyingi tayyorgarliklarni 20 yanvardan boshlab, BAAning Dubay shahrida davom ettirishi mumkin.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика