So’nggi yangiliklar

00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:34"Интер" — "Болонья". Таркиблар маълум  0 00:31"Реал Сосьедад" — "Атлетико". Таркиблар маълум  1 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  41 00:21ПСЖ — "Париж". Таркиблар маълум  2 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3

“Nasaf”: Jamoamiz yana mashg'ulotlarga kirishdi Yangiliklar

“Nasaf”: Jamoamiz yana mashg'ulotlarga kirishdi

Teglar :  Nasaf
O'zingizga malum, Turkiyada yangi mavsum tayyorgarliklarini olib borgan “Nasaf” yurtimizga qaytib kelgan edi.

SHundan so'ng murabbiylar futbolchilarga qisqa muddatli tanaffus berishdi. Bugundan, yani 25 yanvardan boshlab, jamoa Qarshi shahridagi o'z qarorgohida yig'ildi va mashg'ulotlarga kirishdi.

Qarshi shahridagi tayyorgarlik mashg'ulotlari 28 yanvargacha davom etadi va shu kuni jamoa Toshkent shahriga jo'nab ketadi. Mashg'ulotlar Toshkent shahrida ham davom ettiriladi.

“Nasaf” tarkibidagi o'zgarishlarga to'xtaladigan bo'lsak. Jamoani rasman Fozil Musaev, SHuhrat Muhammadiev, Ildar Mamatkazin va Azamat Allaniyozov tark etishgan. Muqaddam “Bunyodkor” jamoasida to'p tepgan Akmal SHorahmedov endi jamoa sharafini himoya qiladi. Avval yoshlar hamda “Nasaf-2” jamoasi saflarida faoliyat yuritgan bir qator futbolchilar endi asosiy tarkib o'yinchilariga aylanishdi. Tarkibida boshqa o'zgarishlar yo'q.

“Nasaf” bu yilgi  Osiyo chempionlar ligasidagi ishtirokini o'tish bosqichidan boshlaydi. 31 yanvar seshanba kuni Toshkent shahridagi “Bunyodkor” stadionida bo'lib o'tadigan dastlabki bosqich uchrashuvida "Nasaf", Bahraynning “Al-Hidd” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv soat 16:00da boshlanadi.

“Al-Hidd” ham yurtimizga 28 yanvar kuni kechki payt tashrif buyuradi. Klub rasmiy delegaciyasi va futbolchilari Toshkent shahridagi “Miran international” mehmonxonasiga joylashishadi.

“Nasaf” PFK matbuot xizmati

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика