“Nasaf” ikkinchi davraga tayyorgarlikni boshladi

Narzulla Saydullayev
18 iyul 2015, 12:00
17 iyuldan boshlab “Nasaf” futbolchilari mamlakat chempionati ikkinchi davrasiga tayyorgarlikni boshladi.

Juma kuni Toshkentda tibbiy ko'rikdan o'tgan futbolchilarimiz  Qarshidagi qarorgohlarida o'quv-yig'in mashg'ulotlarini davom ettirishadi.

Tarkibidagi o'zgarishlarga to'xtaladigan bo'lsak, bir necha yillar jamoa tarkibida to'p tepgan tajribali futbolchilar himoyachi Botir Qoraev G'uzorning “Sho'rtan” jamoasiga, yarim himoyachi Ilhom Yunusov Samarqandning “Dinamo” jamoasiga mavusm oxirigacha ijaraga berildi. Jamoamiz legionerlari Artur Gevorkyan va Rok Roy yaqin kunlarda safga qo'shilishadi. Ikkinchi davra o'yinlari boshlanguniga qadar tarkibda yana bir qator o'zgarishlar bo'lishi kutilmoqda.

Milliy terma jamoadan chaqiruv olgan jamoamizning 7 nafar a'zosi ertadan mamlakat bosh jamoasi tarkibida mashg'ulotlarni boshlashadi. Yakshanba kuni futbolchilarimiz “Markaziy” stadionda G'uzorning “Sho'rtan” jamoasi bilan nazorat uchrashuvida maydonga chiqishlari rejalashtirilgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz