So’nggi yangiliklar

14:15"Манчестер Сити" ва "Бавария" Доннарумма учун курашга қўшилди  0 13:45Ўткир Юсупов "Истиқлол" таклифини рад этди  1 13:20"Барселона"да асосий таркибдан мосуво қилинган Тер Штегенга "Сити"дан таклиф тушди  3 12:57"Челси" дарвозабони "Борнмут"га ўтди. Трансфер шартлари қанақа?  0 12:38"Қизилқум" легионери жамоадан кетди  1 12:18ЖЧ-2026 саралаши. Тимур Кападзе 4-босқичга қуръа ташлаб берди: Қатар ва БАА битта гуруҳда  25 11:52IFAB VAR иши ва пенальтилар ижросига оид қоидаларни ўзгартириши мумкин  3 11:18Роналду Луис Диасни "Ал Насср"да кўришни истамоқда — клуб 100 миллион евро беришга тайёр  0 10:46"Like Сup" қайтди. 3 та тўқнашувда 29 та гол урилган учрашувлардан галерея  4 10:19ОКМК назорат учрашувида Қирғизистон клубини йирик ҳисобда енгди  0 09:52Валижон Раҳимов: "Нима учун ўзимни кўрсата олмаганимни ҳалигача тушуниб етмадим"  4 09:15"Реал" ўзининг энг қиммат футболчиларидан бири билан хайрлашишга тайёр  8 08:51"Нефтчи"даги саҳифам ёпилди, кетиш икки томон учун ҳам фойдали бўларди" — Тома Табатадзе билан интервью  3 08:20МЛС. "Интер Майами" мағлубиятга учради, Мессининг голли серияси якунланди  3 08:00Неймарнинг голи "Сантос"га ғалаба келтирди, "Фламенго"нинг ғалабали серияси тўхтади  0

"Nasaf": Gevorkyan, Yunusov va Muhammadiev bilan shartnoma uzaytirildi Yangiliklar

"Nasaf": Gevorkyan, Yunusov va Muhammadiev bilan shartnoma uzaytirildi

10 dekabrdan boshlab yangi mavsumga taraddudni boshlagan “Nasaf” futbolchilari ayni paytda Qarshi shahrida kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlarni o'tkazishmoqda.
Mashg'ulotlar jamoaning qarorgohidagi maydonlarda, shuningdek “Markaziy” va “Geolog” stadionida ham tashkil etilmoqda.

Kuni kecha klub rahbariyati futbolchilar va ularning shartnomalari bilan bog'liq masalalarini muhokama qilishdi. Unga ko'ra o'tgan mavsumda jamoa tarkibida harakat qilgan va shartnomasi yakuniga etadigan barcha futbolchilar bilan shartnoma muddatlari uzaytirildi. Jumladan, jamoamiz sardori Artur Gevorkyan, Ilhom Yunusov, SHuhrat Muhammadiev singari futbolchilar 2014 yilgi mavsumni “Nasaf” tarkibida boshlashlari aniq. Ayni paytda jamoa tarkibida ikki nafar futbolchi darvozabon O'tkir Yusupov va Aziz G'ulomxo'jaev ko'rikdan o'tishmoqda.  

Jamoamiz azolari Yangi yilga qadar Qarshi shahrida mashg'ulotlarni davom ettirishadi. Yangi haftada futbolchilarga chempionat bronza medallarini tantanali tarzda topshiriladi va qisqa tatil elon qilinadi.

Yangi yilda “Nasaf”chilar yana Qarshida to'planib o'quv-yig'in mashg'ulotlarini davom ettirishadi va 10 yanvar kuni birinchi xorijiy yig'inni o'tkazish uchun Turkiyaning Antaliya shahriga jo'nab ketishadi. Turkiyaga ketish oldidan futbolchilarimiz oliy liga jamoalaridan biri bilan nazorat uchrashuvini o'tkazishlari rejaga kiritilgan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика