"Nasaf" futbolchisi "Neftchi"ga o'tishga yaqin

12 iyul 2017, 22:00
Qarshining "Nasaf" jamoasi chap qanot himoyachisi Saydullo Rahmatov "ajdarlar" safini tark etishi mumkin.


Ma'lumotlarga ko'ra, Saydullo Rahmatovning xizmatlariga Farg'onaning "Neftchi" jamoasi qiziqish bildirmoqda. Rahmatov katta ehtimol bilan ikkinchi davrani "Neftchi" safida o'tkazadi.

Saydullo Rahmatov "Nasaf" tarkibida kam maydonga tushayotgani sababli jamoasini o'zgartirishni o'ylab ko'rmoqda.


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia