"Nasaf" futbolchilari mehribonlik uyiga tashrif buyurishdi
01 iyu 2018 11:50
Yangiliklar


"Nasaf" futbolchilari mehribonlik uyiga tashrif buyurishdi
Bugun yurtimizda 1 iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni keng nishonlanmoqda.
Bolalar bizning kelajagimiz. Ularni xursand qilish, biz kattalarning burchimizdir.
“Nasaf” PFK bu bayramga bag'ishlangan qator tadbirlarni rejalashtirgan va tadbirlar davom etmoqda.
Bugun "Nasaf" bosh murabbiyi, futbolchilar, muxlislar klubi faollari, xodimlar Qarshi shahridagi viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasi qoshidagi “Muruvvat” nogiron bolalar internat maktabiga tashrif burishdi. Bolalar bilan suhbatlar tashkil etildi. Ularga klub nomidan sovg'alar topshirildi.
Bu tashrifdan internat tarbiyalanuvchilari juda xursand bo'lishdi va o'z tashakkurlarini izhor etishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar