So’nggi yangiliklar

12:59"Like Сup"да финалчилар маълум бўлди  0 12:49Пол Гаскойнни ҳушсиз ҳолда топишди  1 12:20Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  0 12:00Камолиддин Мурзоев: "У яна топ-5га қайта олади, Шомуродов-Файзуллаев тандемидан ўзбек футболи ва терма жамоа ютади"  4 11:31"Рома" "Ланс" футболчисини сотиб олди  0 11:14Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  12 11:05ПСЖ бош мураббийига “Реал“ футболчиси керак  2 10:43“Ливерпуль“ Диаснинг ўрнига “Реал“ футболчисини олиб келади  4 10:19МЮ яна бир ҳужумчисини сотишга тайёр. Унга А Сериядан таклифлар бор  1 09:56“Ал-Ҳилол” Саудия Арабистони Суперкубогида иштирок этишдан бош тортди  2 09:31Отабек Жўрақўзиев: “Мухлисларимизни Суперлига ва ОЧЛ учрашувларида хурсанд қиламиз”  4 09:05МЮ Ўринбоевнинг жамоадошига қизиқиш билдирмоқда  1 08:39“Навбаҳор“ “Нефтчи“ футболчиси билан 2 ярим йиллик шартнома тузди  2 08:13Салоҳ барча даврларнинг энг яхши африкалик футболчи ким деган саволга жавоб берди  17 07:47“Навбаҳор“ Одиловнинг ўрнига бразилиялик футболчини олиб келмоқда  7

"Nasaf" futbol klubi ishqibozlari Toshkentga jo'nab ketishdi Yangiliklar

"Nasaf" futbol klubi ishqibozlari Toshkentga jo'nab ketishdi

Bugun Toshkent shahridagi "Paxtakor" Markaziy stadionida O'zbekiston Kubogi yarim finalining dastlabki uchrashuvi "Paxtakor" va "Nasaf" jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadi.
Yangiliklar matni Bugun erta tongda klub ishqibozlari faollari o'z sevikliklarini qo'llab-quvvatlash uchun Toshkent shahriga jo'nab ketishdi.

Ishqibozlar klubi faollari erta tongdan Qarshi shahridagi Markaziy stadion yonida to'planishdi va ular o'zlari uchun ajratilgan avtobusga joylashishib, Toshkent sari yo'lga chiqishdi.

"Bugungi bo'ladigan uchrashuv "Nasaf" futbol klubi ishqibozlarida juda katta qiziqish o'yg'otgan, bizlarda keyingi paytlarda o'z jamoalamizga bo'lgan ishonch va yaqinlik yanada kuchaydi. Biz bugun bevosita "Paxtakor" Markaziy stadionida turib, sevimli bosh murabbiyimiz Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi jamoamizni uchrashuv davomida qizg'in qo'llab turamiz. Ishqibozlar klubi faollaridan tashqari kecha kechki payt va bugun ertalab juda ko'p sonli muxlislar Toshkent shahriga jo'nab ketishdi. Kimlardir shaxsiy mashinasida, kimlardir poezdda va yana kimlardir havo yo'li orqali. Umid qilamizki, bizning safimizga hozirgi paytda Toshkent shahrida bo'lib turishgan boshqa ishqibozlar ham qo'shilishadi. Ha, bugun katta va chiroyli futbol o'yinidan bahramand bo'lsak ajab emas. Biz jamoamiz tomonidan "qora anana"ga chek qo'yilishidan umid qilayapmiz. Zero, bugungi kunda jamoamiz bu vazifani uddalay oladi, biz ishqibozlar bunga ishonamiz",- deydi ishqibozlar klubi faollaridan biri Ziyodulla Safarov.

Biz ham saytimiz nomidan "Nasaf" futbol jamoasiga va uning mana shunday jonkuyar va sodiq muxlislariga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz. Olg'a "ajdarlar"!

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика