"Nasaf" FK Turkiyaga jo'nab ketdi
10 jan 2014 21:31
Yangiliklar


"Nasaf" FK Turkiyaga jo'nab ketdi
Toshkent-Istanbul-Antaliya aviayo'nalishi orqali futbolchilarimiz belgilangan manzilga etib borishadi va ertadan boshlab ikki haftalik o'quv-yig'in mashg'ulotlarini boshlashadi.
Turkiya yig'ini davomida “ajdarlar” 7 ta nazorat uchrashuvida maydonga chiqishlari rejalashtirilgan. Ularning ilk raqibi Albaniyaning “Kukes” jamoasi bo'ladi. Ushbu o'yin 13 yanvar kuni o'tkaziladi. SHuningdek, Antaliyada “SHaxtyor” (Qarag'anda), “Spartak-Nalchik” (Rossiya), “Vorskla” (Ukraina), “Poxang Stilerz” (J.Koreya), “Karpati” (Ukraina) jamoalari bilan nazorat uchrashuvlari o'tkaziladi. Futbolchilarimiz 26 yanvar kuni yurtimizga qaytib kelishadi.
Turkiya yig'iniga bosh murabbiy quyidagi futbolchilarni jalb etdi:
Darvozabonlar - Eldorbek Suyunov, Mixail Naumov, Alibek Turobov, O'tkir Yusupov.
Himoyachlar– Botir Qoraev, Hamza Karimov, SHerzod Azamov, Maqsud Karimov, Alisher Yusupov, Laziz Ubaydullaev, Odiljon Hamrobekov, SHuhrat Muhammadiev, Mirzamurod Jo'raboev.
Yarim himoyachilar – Ilhom Yunusov, Artur Gevorkyan, Erkin Boydullaev, Farruh Sayfiev, Ulug'bek Dadaboev, Najmiddin Normurodov, Obid Mamotov, Doniyor Narzullaev.
Hujumchilar– Azamat Allaniyazov, Kenja To'raev, Ilhom SHomurodov, Igor Taran.

Fikrlar