“Nasaf” ertaga Antaliyadagi ilk nazorat uchrashuvini o'tkazadi
09 jan 2017 21:01
Yangiliklar
“Nasaf” ertaga Antaliyadagi ilk nazorat uchrashuvini o'tkazadi
Turkiyada ob-havoning noqulayligi tufayli, jamoa Antaliya shahriga mo'ljaldagidan biroz kechikib bordi va kechadan mashg'ulotlarga kirishdi.
Futbolchilarning kayfiyati alo darajada, safga yaqinda qo'shilgan Akmal SHorahmedov ham mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda. Hozircha jamoa tarkibida yangi kelgan o'yinchilar yo'q. Agar murabbiylar yangi futbolchini ko'rikdan o'tkazishga taklif etadigan bo'lishsa, bu haqda xabar beramiz.
“Nasaf” ertaga Antaliyadagi birinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. Jamoaning sparring raqibi Kipr oliy ligasi (A divizion) vakili “Limasol” klubi bo'ladi. Uchrashuv jamoa joylashgan “Kameliya World” mehmonxonasining futbol maydonida bo'lib o'tadi.
"Nasaf" navbatdagi nazorat uchrashuvni Ozarbayjonning top klubi, sakkiz karra mamlakat chempioni - “Neftchi” klubi bilan bo'ladi. Ushbu nazorat uchrashuvi 11 yanvar kuni “Bellis Deluxe” mehmonxonasining futbol maydonida bo'lib o'tadi. Uchrashuv boshlanishi bizning vaqt bilan soat 17:00ga belgilangan.
Fikrlar