"Nasaf" ENTER Engineering kompaniyasi bilan 10 milliard so'mlik shartnoma imzoladi
14 okt 2019 19:57
Yangiliklar


"Nasaf" ENTER Engineering kompaniyasi bilan 10 milliard so'mlik shartnoma imzoladi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2018-2022 yillarda futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi # PP-3610 sonli qarorining ijrosi doirasida ENTER Engineering kompaniyasi "Nasaf" klubi bilan qiymati 10 mlrd so'mni tashkil etadigan, 2020 yil so'nggiga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi.
Bu haqda ENTER Engineering matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu mablag'lar "Nasaf" klubining moddiy-texnik, ilmiy-uslubiy bazasini mustahkamlash hamda rivojlantirish, o'quv-mashg'ulot jarayonining yuqori sifatini taminlash, shuningdek, futbolni keng aholi o'rtasida ommalashtirish va targ'ib qilish uchun yo'naltiriladi.
"Nasaf" jamoasi rahbariyati o'z futbol maktabi bazasida yosh futbolchilarni tarbiyalash maqsadida legioner futbolchilardan voz kechishga qaror qildi.
Takidlash lozimki, ayni vaqtda qarshiliklarning 12 nafar futbolchisi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi azosi sanaladi. "Nasaf" bugungi kunda O'zbekistonning eng kuchli va eng mashhur klublaridan biri hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar