"Nasaf" - "Bunyodkor". Qarshi kundaligi
20 may 2014 14:47
Yangiliklar
"Nasaf" - "Bunyodkor". Qarshi kundaligi
Kecha tongda hamkasbim Xayrulla Xoliqov bilan Toshkent - Qarshi yo'nalishi bo'ylab yo'lga chiqdik.
Ulovda haylovchi "Mashal" radiokanalini yoqib qo'ygan. Ora-sira sport xabarlari yangrab turibdi. Ular orasida aksari futbol.
Dastur boshlovchilari shunaqangi ehtiros va shijoat bilan saytimizda chop etilgan xabarlarni chunonam o'qib berishyaptiki, voh deb yuborasan kishi. Oxirida na manba bor, na malumot manbai. Men biladigan radiolar ichida "Navro'z" kanali manbani aytib ketadi. Yaqinda "Sport TV" rahbari bilan uchrashganimda aynan shu masalani ko'rib chiqish lozimligini aytib o'tgandim.
Soat 14:00da Qarshi shahrida edik. Aziz Nuriyni tug'ilgan kuni bilan tabriklagan holda tushlikni birga qildik. O'yinga qadar 5 soat vaqt bor edi. SHu boisdan "Nasaf" klubining matbuot xizmatida vaqt o'tishini "taminladik". SHu o'rinda klub tomonidan jamoa matbuot xizmatiga yaratilgan sharoitni maqtab o'tmasam bo'lmaydi. Bir emas 2ta rangli va 2ta oq-qora printer. Bunaqasi faqat "Bunyodkor"da bor. Xona ham ancha katta, qo'shimchasiga suhbat o'tkazishni istagan jurnalistga xonachalar ajratilgan. Hozir klub xonani yanada takomillashtirish harakatida ekanligini aytib o'tdi. Sal bo'lsa-da "Lokomotiv" Moskvaga o'xshatish niyatida ekanlar.
So'nggi paytlarda "Nasaf"ning moliyaviy holatida biroz ushlanish bo'lgan ekan. SHu sabab bo'lsa kerak, ayrim futbolchilarning o'yini to'liq chiqmagan. Yaqindan boshlab esa barchasi iziga tushibdi.
O'yin boshlanishiga yaqin stadionga "Toyota Prado" rusumli mashina kirib keldi. Angladimki, bu Kamoliddin Kenjaev. Asli Yakkabog'dan bo'lgan qo'shiqchi Alijon Isoqov hamqishlog'ini futbolga olib kelgan ekan. Yodingizda bo'lsa, Kamoliddin Kenjaevga yordam berish maqsadida xayriya tadbirini o'tkazish niyatida ekanligimizni bildirgandim. Bu loyiha qo'shiqchimizga ham yoqdi. Fursatdan foydalanib, agar tadbirimiz amalga oshsa, qo'shiqning dodasini aytishni Alijon Isoqovga yuklab qo'ydik. Kamoliddin Kenjaev ham bundan xursand bo'ldi.
O'yin... O'yinni tomosha qilish uchun MTJ murabbiyi-yu, PFL rahbarigacha keldi. Uchrashuv oldidan yozgan maqolamda bir o'quvchi o'yinni "El Klassiko" kabi tariflab yuboribsiz-ku degandi. O'yin haqiqatdan ham dahshat o'tdi. Avvalroq aytganimdek, kim kuchli bo'lsa emas, kim tayyor bo'lsa o'sha g'alaba qozonardi. Kechagi o'yinga "Nasaf" toshkentliklarga nisbatan tetik edi. "Al Hilol" bilan o'yindan keyin Ar Riyod - Dehli - Toshkent yo'nalishi bo'yicha uchib kelib, ertasigayoq Qarshiga yo'l olgan "Bunyodkor" futbolchilari charchab qolgan edilar. Qolaversa, bu erda qariya Simonenko. Nega murabbiy "Lokomotiv" bilan o'yinning eng yaxshi futbolchisi bo'lgan Islom Inomovni maydonga tushirmaydi hayronman. Yoki Simonenko legioner bo'lgani va unga maosh belgilanib qo'yilgani uchun maydonga tushishi shartmi? Undan ko'ra qolgan o'yinlarda mahalliy futbolchini shakllantirsa bo'lmaydimi? Bari bir kelasi mavsum Simonenko jamoada qoladigan emas. Qolishga arzimaydi ham.
"Nasaf" bu borada allaqachon aqlini yig'ib olgan. Gevorkyanni inobatga olmaganda, mana ikkinchi yildirki legioner xizmatidan foydalanmaydi. Legioner bo'lsa "Ara"dek bo'lsin, qolgani "sursin".
Ammo "Bunyodkor"ni professionalligiga qoyil qolmasdan iloj yo'q. Anvar Berdievning og'zidan qon oqqach futbolkasi qizarib qoldi. Qoidaga ko'ra bunday vaziyatda futbolchi o'yinni davom ettira olmaydi, toki yangi futbolka kiymagunga qadar. "Bunyodkor" mamuri bir zumda Anvar Berdievning raqami va ism-sharifi tushirilgan yangi futbolkani olib berdi. Agar "Bunyodkor" o'rnida boshqa jamoa bo'lganida yo o'yinchini almashtirardi, yoki hakamlar bilan “gaplashardi.
Bahs yakuniga etganidan keyin matubot anjumani bo'ldi. Volkov bilan savol-javoblar meyorida bo'ldi, Ro'ziqul Berdiev kelganida gulduros qarsaklar chalindi. Men noutbukni ochib matbuot anjumanini yozaman desam, savollar o'rniga faqat uzundan uzun tabriklar yangradi. SHunaqasi ham bo'lib turadi, oxiri Xayrulla aka ikkimiz bittadan savol berib, yozish uchun nimanidir chiqardik.
Qisqasi o'yinni ko'rib kishi mazza qildi. Tunda esa Termizdan qaytayotgan poezdga chiqib tongda Toshkentga etib keldik. Birozdan so'ng "Paxtakor" stadionida AVTOULOV o'ynaladi. Agar vaziyat bo'lsa, ertaga "Olmaliq" - "Dinamo" uchrashuviga boraman.
Nodirxo'ja Yuldashev.

Fikrlar