So’nggi yangiliklar

19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  1 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  9 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  4 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  4 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  5 18:27"Комо" "Манчестер Сити" футболчисни сотиб олди  0 17:59Альканатара "Барселона" мураббийлар штабига қайтмоқда  0 17:30МЮ яқин орада янги базасини очади. Унда сартарошхона ҳам бўлади  1 17:02Манба: Мбеумо МЮга ўтди  2 16:40"Реал" собиқ ҳимоячиси фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  1 16:36"Персеполис" Шукуров вариантини танламади, бунинг сабаби маълум қилинди  5 16:08Тен Ҳаг: "Антони ҳали ҳам мен учун ўғлимдек, аммо у "Байер"га қизиқ эмас"  0 15:37Ямалнинг отаси ўғлини танқид қилувчилар ҳақида: "Одамлар бошқаларга қарайди, кейин ҳасаддан ўлади. Бу уларнинг муаммоси".  6 15:08Обамеянг "Ал Қодисия"ни тарк этди ва Европага қайтиши мумкин  2 14:40Терма жамоага хорижлик мураббий керакми?  105

"Nasaf" bugun "Metallurg"dan o'ch oladimi? Yangiliklar

"Nasaf" bugun "Metallurg"dan o'ch oladimi?

FIFA kunlari yakunlandi. Endi bor etiborimizni yana ichki chempionatga qaratamiz.

15 oktyabrdan etiboran Superliganing 22-tur bahslari davom etadi. Bekobodning "Metallurg" klubi mazkur tur doirasida bugun Qarshida mehmon bo'ladi.

Nasaf

Umar Eshmurodov - 12'

Superliga. 22-tur

15/10/2021, 18:30

0
:
1
Tugadi

Metallurg

45'
90'
12'  Umar Eshmurodov
51'  Bahrom Abdurahimov
61'  Bahrom Abdurahimov (Andriya Kaluderovich)
69'  Doniyor Narzullayev (Sukhrob Nurulloyev)
69'  Dilshod Saitov (Husniddin Aliqulov)
81'  Husayin Norchaev (SHohmalik Komilov)
81'  Marko Stanoevich (Abubakrrizo Turdaliev)
43'  Xudoyshukur Sattorov
48'  Xudoyshukur Sattorov
57'  Salamat Qutiboev (Mahmudzhon Qudratillaev)
57'  Dilshod Rahmatullayev (Muhammad Isaev)
57'  Akbar Ismatullayev (Abduraxmon Abdulxaqov)
66'  Muhammad Isaev
71'  Damir Temirov (Ruslan Roziev)

Ayni paytda "Nasaf" Jasur Abduraimov shogirdlaridan 17 ochko oldinda borayotgan bo'lsa-da, 1-davradagi o'yinda "Metallurg"ga imkoniyatni boy berib qo'ygan edi (2:1). 23 iyun kuni o'tkazilgan uchrashuvda Zohid Abdullaev va Salomat Quttiboevning gollariga "ajdarlar" safida SHohmalik Komilov 1 bor javob qaytargan. 


Agar bugun ham "Metallurg" 3 ochko olsa, tarixda ilk bor mavsumning har ikkala bahsida "Nasaf"ni engadi. Malumot uchun, 19 avgust kuni o'tkazilgan O'zbekiston kubogining nimchorak finalida "Nasaf" "Metallurg ustidan 5:2 hisobida zafar quchgan. Biroq, u boshqa turnir hisoblanadi.

O'zbekiston chempionatlari tarixiga nazar solsak, "Nasaf" va "Metallurg" klublari 48-bor o'zaro qarshilashishi oydinlashadi. Bu klublar ilk bor 1998 yilgi mavsumda to'qnashishgan. SHundan buyon o'tkazilgan 47 bahsning 29 tasi "ajdarlar" foydasiga hal bo'lgan, 12  o'yinda bekobodliklarning qo'li baland kelgan (6 durang). 

To'plar nisbati borasida ham mutlaq ustunlik "Nasaf" tomonidan — 78:38 (+40). 

"Markaziy" stadionda o'tadigan o'yinda Zokir Qodirov boshchiligidagi hakamlar brigadasi hamda VAR tizimi ishlaydi.

Coca-Cola Superliga. 22-tur

15 oktyabr, juma

18:30 - NASAF – METALLURG

Hakamlar: Zokir Qodirov, Abduhamidullo Rasulov, Aleksandr Sidorov, Farruh Yansupov

Nazoratchi: Temur Abdullaev

VAR hakami: Aziz Asimov

VAR assistent: Timur Gaynullin

VAR nazoratchisi: Valentin Kovalenko

Komissar: SHohruh Said

Malumot uchun, navoiylik referi Superliganing joriy mavsumida "Nasaf" ishtirokidagi 3 o'yinni boshqardi. Ulardan faqat bittasida Ro'ziqul Berdiev shogirdlarining qo'li baland kelgan. 

16-tur. "Nasaf" 0:1 "Navbahor"

13-tur. "Lokomativ" 2:0 "Nasaf"

11-tur. "Qo'qon-1912" 1:2 "Nasaf"

Qodirov "Metallurg" o'ynagan o'yinlarda 2 bor ishladi (biri O'zbekiston kubogi doirasida).

15-tur. "Bunyodkor" 2:0 "Metallurg"

O'K (1-tur). "Metallurg" 2:0 "Yangier"

Nima deb o'ylaysiz, Toshkent vaqti bilan 18:30 da start oladigan bahsda "Nasaf" 1-davradagi mag'lubiyat uchun qasos olishni uddalaydimi?

Tarixiy golni Nesterov "quchoqladi"

Muallif :
Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика