So’nggi yangiliklar

18:14Мармуш "Сити"дан кетмоқчи эмас  2 17:45Жаҳон чемпионатининг тўртта юлдузли иштирокчиси март ойида АҚШда учрашади  0 17:18Куни кеча "Сурхон"дан кетган мураббий Зейтуллаев штабида иш бошлади  1 16:57"Арсенал" етакчиси муаммога дуч келди  0 16:35Миржалол Қосимов: "Жон сақлаш учун курашгандан кўра ўйнамаган яхши"  3 16:17Ўзбекистонлик ҳакамлар Осиё Кубоги ўйинида ишлайди  1 15:50Саудия Арабистони гранди Брунуга йирик битим таклиф этмоқда  3 15:22"Арсенал" Англия терма жамоаси ҳимоячиси учун курашга қўшилди  2 14:56Карпенко "Бухоро"дан кетди  1 14:30Суперлиганинг 2025 йилдаги энг яхши мураббийи Қозоғистонда ишлайди  4 14:09​Расман: "Манчестер Сити" Семеньони сотиб олди  4 13:48Токотаев "Локомотив"да тиббий кўрикдан ўтолмади  11 13:25"Манчестер Юнайтед" янги мураббий бўйича қарорни кечиктирди  4 12:57"Фенербахче" Гендузини сотиб олди  0 12:30Кемалар шайланмоқда. Қайиқлар-чи?  2

“Nasaf” bugun ikkiga bo'lingan holda nazorat uchrashuvi o'tkazdi Yangiliklar

“Nasaf” bugun ikkiga bo'lingan holda nazorat uchrashuvi o'tkazdi

Bugun “Nasaf” futbol jamoasi ikkiga bo'lingan holda “Markaziy” stadionda nazorat uchrashuvi o'tkazdi. Nazorat uchrashuvida barcha futbolchilar bilan birga safga yangi qo'shilgan o'yinchilar ham ishtirok etdilar.

Uchrashuvda futbolchilar ko'k va oq kiyimda maydonga tushishdi. Demak, ularni shartli ravishda “Ko'klar” va “Oqlar” deb ataymiz.

Uchrashuvdagi hisobni dastlab, “Ko'klar” tarkibida maydonga tushgan va bu yildan asosiy tarkib o'yinchisiga aylangan “Nasaf” futbol maktabini bitirgan 17 yoshli yarim himoyachi – Xudoyberdi Holiqov tomonidan ochildi. Uchrashuv boshidan tashkil etilgan hujumda u O'tkir Yusupovni darvoza to'ridan to'p olib chiqishga “majbur” qildi.

SHundan keyin uchrashuv teng kurashlar ostida kechdi. O'yinchilar har qancha harakat qilishmasin darvozalarga boshqa gol kiritilmadi.

Ikkinchi bo'limda “Oqlar” oradagi hisobni tenglashtirishdi. Bunda jamoaning to'purari Artur Gevorkyan golga mualliflik qildi.

Uchrashuv ana shu hisobda yakunlandi. SHu erda yangi o'yinchilarning maydondagi harakatlari to'g'risida qisqacha taasurotlarimizni aytib o'tsak, dastlab sloveniyalik legioner Roy Rok o'yini haqida, ushbu chap qanot himoyachisi o'zining maydonni ko'ra bilishi, raqib futbolchidan to'pni olib qo'yishni uddalashi, jamoadoshlariga aniq to'p etkazib berishi va boshqa jihatlari bilan etiborimizni tortdi. U o'z joyida shoshmasdan aniq harakat qilishidan, Ro'ziqul Berdievni o'yinchi tanlashda adashmaganini aytish mumkin.

Oleksandr Kablashga gol urish nasib etmagan bo'lsada, chiroyli harakatlari bilan stadionda yig'ilgan kam sonli muxlislarni olqishiga sazovor bo'ldi.

Markaziy yarim himoya chizig'ida harakat qiladigan Bahrom Abdurahimovdan ham ko'p narsalarni umid qilsa bo'ladigan o'yinchi ko'rinadi. Uning maydonda tinmasdan harakat qilishi, imkon bo'lganda o'zoqdan bo'lsa ham darvozaga kutilmagan zarbalarni berishi bizni diqqatimizni tortdi.

SHuningdek ko'p muxlislar o'yinini sog'inib qolgan SHohruh Gadoevdan ham tashvishlanmasa bo'ladigan ko'rinadi. U avvalgi SHohruh bo'lishi uchun ko'p mehnat qilgani ko'rinib turibdi. Boshqa o'yinchilar ham ko'ngildagidek. Xullas, bir qarashda xavotirga o'rin yo'qdek, faqat jamoa 25 fevral kuni bor imkon va mahoratlarini ishga solib, muxlislarni xursand qilishsa bo'ldi.

Endi bugun maydonga tushgan o'yinchilar bilan tanishing:

“Ko'klar”: 25.Eldorbek Suyunov, 6.Aziz G'aniev, 9.Ilhom SHomurodov, 15.Roy Rok, 34.Farruh Sayfiev, 27.Ilhom Yunusov, 33.Odilbek Hamrobekov, 4.Maqsud Karimov, 29.Xudoyberdi Holiqov, 38.Doniyor Narzullaev, 32.Hamza Karimov.

“Oqlar”: 30.O'tkir Yusupov, 5.Botir Qoraev, 23.SHerzod Azamov, 7.Akrom Baxritdinov, 18.Bahrom Abdurahimov, 19.SHarof Muhiddinov, 20.Erkin Boydullaev, 22.SHohruh Gadoev, 17.Artur Gevorkyan, 28.SHuhrat Muhammadiev, 99.Oleksandr Kablash.

Jamoa kunda ikki mahaldan mashg'ulotlarni olib bormoqda.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика