“Nasaf” Berdiev boshchiligida ilk marta “Olmaliq”ni mag'lub etdi
09 avg 2015 17:02
Yangiliklar
“Nasaf” Berdiev boshchiligida ilk marta “Olmaliq”ni mag'lub etdi
2012 yili Berdiev “Nasaf”ni birinchi davraning yarmigacha boshqargan keyinchalik istefoga chiqarilib, mavsum oxirida yana jamoani qabul qilib olgandi. O'sha mavsumda “Nasaf” Usmon Toshev murabbiyligida Qarshida “Olmaliq”ni mag'lub etggandi. Keyinchalik 2013 va 2014 yilgi mavsumlarda “Nasaf” Berdiev murabbiyligida “Olmaliq” jamoasi bilan Qarshida ham, Olmaliqda ham durang natija qayd etdi. Joriy mavsumning birinchi davrasida esa “Nasaf” o'z tarixida ilk marta “Olmaliq”qa mag'lub bo'ldi (0:2). Kecha o'tkazilgan Oliy liganing 17-turida “Nasaf” Qarshida “Olmaliq”ni taslim etib (2:0), uch yillik qora ananaga barham berdi. SHuningdek, Berdiev “Nasaf” bilan oltinchi urinishda SHkvirin jamoasidan uch ochko ishlashga erishdi.
Ro'ziqul Berdiev qo'l ostida jamoamizning “Olmaliq” bilan qayd etgan natijalari:
2013 yil.
“Nasaf” - “Olmaliq” 2:2.
“Olmaliq” – “Nasaf” 2:2.
2014 yil.
“Olmaliq” – “Nasaf”1:1.
“Nasaf” – “Olmaliq” 2:2.
2015 yil.
“Olmaliq” – “Nasaf” 2:0.
“Nasaf” – “Olmaliq” 2:0.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" ўзини ўтиш ўйинларида ўйнашга мажбур қилган "Бенфика"ни мағлуб этиб, нимчорак финалга йўлга олди
EЧЛ 1/8 финал жуфтликлари маълум
ЕЧЛ. "Интер" сенсацион тарзда Норвегия клубига ютқазиб мусобақани тарк этди, "Ньюкасл" ва "Байер" 1/8 финалда!
ЖЧ-2026 можароси якунланяпти: Конго ДР ўрнига Нигерия ўйнайди
Fikrlar