“Nasaf” BAAdan qaytib keldi
18 fev 2014 10:34
Yangiliklar


“Nasaf” BAAdan qaytib keldi
Kecha “Nasaf” FK delegaciyasi ikkinchi xorijiy o'quv-yig'in mashg'ulotlarini yakunlab, yurtimizga qaytib keldi.
Yig'in davomida futbolchilarimiz ikkita nazorat uchrashuvini o'tkazishdi. Dastlab Rossiyaning “Ural” jamoasi (1:0) mag'lub etilgan bo'lsa, ikkinchi uchrashuvda SHveciyaning “Xakken” klubi bilan (1:1) murosa ko'chasi tanlandi. Bu orada futbolchilarimiz Qatarda OCHL 2-saralash bosqichi doirasida “Al Jaish” bilan ham kuch sinashishdi.
Ayni paytda futbolchilarga qisqa tatil elon qilindi. 21 fevraldan boshlab jamoa azolari Qarshidagi qarorgohlarida to'planishadi va yangi mavsumga hozirlik ko'rishadi.

Fikrlar