"Nasaf" - "Al Vasl" uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi - Aziz G'aniev
20 fev 2018 22:03
Yangiliklar
"Nasaf" - "Al Vasl" uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi - Aziz G'aniev
O'yinda eng yaxshi futbolchi deb topilgan Aziz G'aniev uchrashuvdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi va o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Aziz G'aniev: "Raqibni yaxshi o'rgangandik va murabbiylarimiz ularni bo'sh nuqtalarini bizga uqtirishgandi. Umuman o'yinda katta tashabbus bilan o'ynadik va haqli ravishda g'alaba qozondik. Stadionga kelgan muxlislarga ajoyib qo'llab-quvvatlash uchun rahmat aytaman. Raqib ko'p asabiylashdi? Hujum qilolmaganidan keyin har qanday jamoa asablarini jilovlay olmay qoladi. Biz butun o'yin hujum uyushtirdik, ular esa himoyada mashg'ul bo'lishdi. SHu uchun ham raqib ko'p asabiylashgan bo'lishi mumkin.
Xavini kelishi bizni qo'rqitmaydimi? Yo'q. Biz maydonda har doimgi ishimizni qilishimiz lozim bo'ladi. Raqobat yo'qligi meni bo'shashtirib qo'ymaydimi? Yo'q. Meni shiorim doim mehnat va ishlash. Futbolchi bo'shashishni hayoliga ham keltirmasligi lozim. Aks holda uning maydondagi o'rni yo'qolib qolishi muqarrar".
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar