Narimon Hasanov: "Labsa" endi "uyg'onmoqda"
10 may 2018 21:50
Yangiliklar
Narimon Hasanov: "Labsa" endi "uyg'onmoqda"
PRO-liganing 8-turidan o'rin olgan "SHerdor" - "Labsa" (1:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar vakili Narimon Hasanov championat.asia saytiga intervyu berdi.
"Bugungi o'yin juda shiddatli kechdi. Qiyin bo'lishini bilardik. Kubok doirasida "SHerdor" bilan o'ynagandik. Yaxshi jamoa.
O'yindan-o'yinga futbolchilarning bir-birlarini yaxshi tushunishi evaziga g'alaba qozondik deb o'ylayman. "Labsa" jamoasi endi "uyg'onmoqda" desak ham bo'ladi.
Xudo xohlasa keyingi o'yinlarga ham shunday qattiq tayyorgarlik ko'rib g'alaba qozonamiz deb o'ylayman.
Keyingi turni o'z maydonimizda "Nurafshon" klubiga qarshi o'tkazamiz. Albatta unga juda katta tayyorgarlik ko'ramiz. Umid qilamanki g'alaba qozonamiz", - deydi Narimon Hasanov.
Akbar Mirzaev yozib oldi

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar