"Napoli" yozda transferlar uchun 230 million ajratmoqchi
30 may 2024 01:17
Yangiliklar
"Napoli" yozda transferlar uchun 230 million ajratmoqchi
"Napoli" agar Antonio Konte jamoa bosh murabbiyiga aylansa, transferlar uchun katta miqdordagi byudjet ajratishga tayyor.
Manbaga ko'ra, klub prezidenti Aurelio de Laurentis yozgi transfer oynasida 230 million evro sarflashga tayyor.
Avvalroq 54 yoshli italiyalik mutaxassis neapolliklar bilan shartnoma shartlarini kelishib olgani haqida xabar berilgandi. 2023/24 yilgi mavsum jamoa A Seriyada o'ninchi o'rinni egalladi.
Kontening so'nggi ish joyi o'tgan yilning mart oyida tark etgan "Tottenxem" bo'lgan. Bungacha italiyalik mutaxassis “Inter”, “CHelsi”, Italiya terma jamoasi, “Yuventus”, “Siena”, “Atalanta”, “Bari” va “Arecco” klublarini boshqargan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar