"Napoli" sport direktori: "Bizga Ronalduni taklif qilishgan"
03 jan 2019 12:12
Yangiliklar
"Napoli" sport direktori: "Bizga Ronalduni taklif qilishgan"
"Napoli" sport direktori Kristiano Gvintoli yozda klubga hujumchi Krishtianu Ronaldu taklif qilingani haqidagi malumotni tasdiqladi.
"Bizga Ronalduni taklif qilishgan, bu haqiqat. Mendesh bilan munosabatlarimiz juda yaxshi va G'ulom bilan shartnoma uzaytirganimizdan so'ng agent bilan tez-tez bog'lanib turamiz. U De Laurentisga futbolchini taklif qildi, men esa jim turdim. Bu transferni tahlil qila boshlaganimizda, xaridni amalga oshira olmasligimiz malum bo'ldi.
Ayni damda "Yuventus" Evropaning eng yaxshi jamoasi, shu sababli A Seriyada ulardan o'zib ketish juda yoqimli bo'lardi. To'g'ri, bu qiyin, ammo o'z kuchimizga ishonishda davom etamiz" - deydi Gvintoli.
Fikrlar