"Napoli" "Spartak" futbolchisini sotib olmoqchi

19 avg 2020, 19:30
"Napoli" rahbariyati tez orada klubni tark etishi kutilyayotgan Kalidu Kulibalining o'rniga nomzod qidirmoqda.

"Adzurrilar" Moskvaning "Spartak" klubi himoyachisi Georgiy Jikiyaga qiziqib qolgan. Shuningdek, neapolliklarning ro'yxatida Sokratis Papastatopulos ("Arsenal") hamda Gabriel ("Lill") ham bor.

Transfermarkt portali Jikiyani 9 mln evroga baholagan. 26 yoshli o'yinchining "Spartak" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida nihoyasiga etadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: corriere.it