So’nggi yangiliklar

02:43Лига 1. "Лион" ва ПСЖ ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди, Хакимидан дубль  1 02:39А Серия. Влаховичнинг голи меҳмонда "Ювентус"га ғалаба тақдим этди  0 00:53Киммих "Бавария"да қолишга яқин  0 00:24Абдуқодир Ҳусанов бугунги ўйинда қандай статистика қайд этди?  3 00:15АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпуль"га мағлуб бўлди, Ҳусанов ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  1 23:35Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Айнтрахт"га жавобсиз 4та гол урди, мюнхенликлар энг яқин таъқибчиларидан 8 очко илгарилаб кетишди  2 23:29БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" кутилмаганда "Шаржа"дан устун келди, "Ал Ваҳда"дан йирик ғалаба  0 23:24АПЛ. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Ливерпуль"га ютқазди. Ҳусанов ҳимоячилар орасида энг катта балл олди  181 23:00U-20 Осиё кубоги. Ўзбекистон ўз юришини чорак финалда тўхтатди  11 22:32"Челси" Ла Лигадаги ҳимоячи билан шартнома имзоламоқчи  1 22:10Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Жирона"ни мағлуб этиб, очколар бўйича "Барса"га етиб олди, 39 ёшли Модрич ўйинда ҳисобни очди  64 21:56Гризманн ўзининг "Атлетико"даги келажагини белгилаб олди  0 21:08Сон Хён Мин "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин?!  5 20:01Тибо Куртуа Тедесконинг истеъфосидан сўнг Бельгия терма жамоасига қайтишни хоҳламоқда  7 19:39"Манчестер Юнайтед" ёзда "Барселона" футболчиси билан шартнома имзолашга уриниб кўради  8

"Napoli" Skudetto orzusida, "Yuventus" hozircha faqat pul sarflash bo'yicha chempion Yangiliklar

"Napoli" Skudetto orzusida, "Yuventus" hozircha faqat pul sarflash bo'yicha chempion

Mavsumga tayyorlanish davomida A Seriyada kim qancha pul sarflagani haqida gaplashamiz.

Italiya televizion huquqlardan tushadigan pul va umuman o'sha pullarni aylantirish borasida APLdan ancha ortda. Bu esa transfer bozorida jamoalarning pul sarflashiga ham tasir qiladi — "CHelsi"ning bir o'zi A Seriyaning eng ko'p mablag' sarflagan ikki jamoasini ortda qoldirdi. Lekin bu pullarni kim qanday ishlatgani qiziq bo'lsa ajab emas — top-5da siz kutmagan klub bor.


1."Yuventus" — 102,4 million evro

"Keksa sinora" chempionlik titulini qaytarish yo'lini izlash bilan ovvora. Qatorasiga uchinchi yil birinchi o'rinsiz qolishi mumkin bo'lgan turinliklar, etakchilikni qaytarish uchun pul sarflashda barchani ortda qoldirdi. Bundan tashqari, Allegri uchun muhim ikki markaziy himoyachi — de Ligt va Kellini hamda forvard Paulo Dibala jamoadan ketdi.

Yo'qotishlar o'rnini to'ldirish maqsadida jamoa "Torino"dan Bremerni 41 million evaziga, o'ng qanotga Federiko Kezani (40 mln), chap qanotga — Filip Kostichni (12 mln) va chap qanot himoyachisi Andrea Kambyazoni o'z safiga qo'shib oldi. Qizig'i, Andrea hozircha "keksa sinora" asosiy tarkibiga tayyor emasligi sababli "Bolonya"ga ijaraga berib yuborildi.

Bundan tashqari, Anxel Di Mariya va Pol Pogba — "Yuve" safiga kelib qo'shilganini unutmaslik lozim. Italiya futboli grandi muxlislarini yanada xursand qiladigan tomoni, bu ikki nomdor futbolchi jamoaga erkin agent sifatida kelib qo'shildi.


2. "Atalanta" — 98 million evro

O'tgan mavsum bergamoliklar uchun u qadar omadli bo'lmadi — etakchilarning tinmay jarohat olishi va 8-o'rin. Jamoa Aleksey Miranchukdan voz kechishga qaror qildi — hozircha ijara. CHap qanot vingeri Ademola Lukman (Gasperini futbolchini turli poziciyalarda sinab ko'rmoqda), "propiskasi" bo'yicha o'ng qanot himoyachisi Brandon Soppi tarkibga jalb qilindi. Biroq eng katta summa Jeremi Boga (22 mln evro), yarim himoyachi Ederson (21 mln), markaziy himoyachi Merix Demiral (20 mln) va Rasmus Xeylund (17 mln) transferlari uchun sarflandi.

Bu o'yinchilarning har biri "Atalanta" safida maydonga tushishga ham ulgurdi, Demiral esa markaziy himoyachilar uchligida Toloi va Jimshiti/Okoli bilan asosiy tarkib azosiga aylanib ulgurgan. Birinchi turlardan kelib chiqib, "bozorda"gi ishlarga ancha samarali deb baho berish mumkin.


3. "Napoli" — 68,05 million evro

Neapolliklar aniq nuqtalarni kuchaytirishdi — tayanch zona va hujumning chap qanoti mustahkamlandi, zaxira uchun markaziy himoyachi. Xvicha jamoaga moslashishi shu qadar omadli o'tmoqdaki, u kutilganidan ancha ko'p gol urib ulgurdi. Tayanch yarim himoyachi Angissa "Lacio" bilan o'yinda ham o'zini yaxshi tomondan ko'rsata oldi — maydonning raqib tomonida ham yordam berdi, hujumlarni boshlashda markaziy himoyachilar chizig'iga ham tushishga ulgurdi. Kim Min CHe Italiya grandi safida barcha uchrashuvlarni to'liq o'tkazdi.


4. "Milan" — 48,2 million evro

Rossoneri transfer bozorida shov-shuvli xaridlarni amalga oshirishga u qadar harakat qilmagandek — ammo aniq reja bo'yicha ish olib borilmoqda. "Barselona"dan Serjino Dest ijaraga olindi. Bir yil avval xuddi shu usulda "Milan"ga kelgan Junior Messias va Alessandro Florenci "Krotone" va "Roma"dan to'liq sotib olindi — 4,5 va 2,7 mln evaziga. Italiyaliklar "SHalke"dan Malik Tiavni sotib oldi (7 mln. Transfermarkt"dagi narxi 6 mln).


Asosiy xarid hujumkor yarim himoyachi bo'ldi  — SHarl De Ketelare endi "Milan" sharafini himoya qiladi. "Bryugge" iqtidorli futbolchisi uchun 32 million oldi.


5. "Sassuolo" — 48 million evro

O'tgan mavsumning 11-jamoasi bu yil yuqoriroq maqsadlarni ko'zlab, 9 nafar yangi futbolchini tarkibiga jalb qildi: Andrea Pinamonti va Janisa Antista ijaraga, chap qanot vingeri CHervo (2 mln),  markaziy forvard Emil Keydeni 3 mln.ga, markaziy yarim himoyaga Abdu Xarruini (3 mln) xarid qildi. Biroq o'rtamiyona sanalgan jamoa Matteus Enrike, Kristian Torstvedt, Arman Loryante va Agustin Alvaresga ko'p pul sarfladi — umumiy hisobda bu o'yinchilarga 40 million evro sarflandi.



Reytingning keyingi pog'onalaridan "Udineze" (46 mln), "Salernitana" (44,48 mln) va "Lacio" (39,7 mln) joy olgan.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика