“Napoli” rahbariyati “Fiorentina”dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng yopiq yig'ilish o'tkazdi
10 okt 2023 08:43
Yangiliklar
“Napoli” rahbariyati “Fiorentina”dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng yopiq yig'ilish o'tkazdi
“Napoli” bosh murabbiyi Rudi Garsiya tez orada o'z lavozimini tark etishi mumkin.
Sky Sport Italia xabariga ko'ra, 9 oktyabr kuni Rudi Garsiya “Napoli” prezidenti Aurelio De Laurentis va boshqa klub rahbarlari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tgan. Qayd etilishicha, “Napoli” tez orada 59 yoshli mutaxassisning kelajagi borasida bir qarorga keladi.
Rudi Garsiya shu yilning iyun oyida “Napoli”ga taklif etilgandi. Neapolliklar sakkiz turdan keyin 14 ochko to'plagan holda A Seriya turnir jadvalida beshinchi o'rinda bormoqda. O'tgan turda jamoa o'z maydonida “Fiorentina”ga imkoniyatni boy berdi (1:3).
Avvalroq, neapolliklar klubi rahbariyati “Tottenhem”dan haydalganidan keyin ishsiz qolgan italiyalik mutaxassis Antonio Konte xizmatlariga qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.
Fikrlar