"Napoli" qishda "Krasnodar" hujumchisini sotib olishi mumkin

Aslanov Jasurbek
27 noya 2017, 12:34
"Krasnodar" hujumchisi Fyodor Smolov "Napoli" qiziqishlari doirasida.

Italiya klubi qishda Rossiya terma jamoasi futbolchisini sotib olmoqchi. Ma'lum bo'lishicha, 27 yoshli futbolchi neapolliklarning 3-4-3 sxemasiga to'g'ri keladi.

Smolovning "Krasnodar" bilan shartnomasi 2019 yilning yozida yakunlanadi. Uning ayni damdagi transfer narxi 20-25 mln. evro.

Smolov 2015 yildan beri "Krasnodar" sharafini himoya qiladi. Joriy mavsum u Rossiya chempionatining 12ta uchrashuvida maydonga tushib, 9ta gol urdi va uchta golli pas berdi.

Oldinroq, Smolov faoliyatini "Vest Xem"da davom ettirishi mumkinligi e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Calciomercato