"Napoli" prezidenti: "Sarri - muxlislar bilan stadion odami. Uning "Yuventus"ga qanchalik moslashib ketishini ko'ramiz"
20 iyu 2019 21:33
Yangiliklar


"Napoli" prezidenti: "Sarri - muxlislar bilan stadion odami. Uning "Yuventus"ga qanchalik moslashib ketishini ko'ramiz"
"Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis bosh murabbiy Karlo Anchelotti bilan turinliklarga yangi kelgan mutaxassis Mauricio Sarrini solishtirdi.
"Sarri - muxlislar tribunasi bilan stadion odami. U ishqibozlarni yoqtiradi. Anchelotti esa klub odami. U "Yuventus"ni mag'lubiyatga uchratsa, juda yaxshi va esda qolarli vaziyat bo'ladi. Sarrining "Yuventus"ga qanday moslashib ketishini ko'ramiz.
Anchelottining "Yuve" ustidan qozongan g'alabasini ko'rish ajoyib bo'lsa kerak. O'shanda Sarrini sotqin deb hisoblaydigan "Napoli" muxlislari nima deyisharkin?", - deya fikr bildirdi De Laurentis.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar