"Napoli" prezidenti: "Iguain ortiqcha vazndan qutilishi kerak"
27 fev 2016 12:12
Yangiliklar


"Napoli" prezidenti: "Iguain ortiqcha vazndan qutilishi kerak"
"Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis o'z jamoasining Evropa ligasidagi muvaffaqiyatsizligi borasida fikr bildirdi.
Neapolliklar Evropa ligasining 1/16 final bosqichida "Vilyarreal"ga ikki bahs natijasiga ko'ra mag'lub bo'ldi.
"Murabbiyimiz Sarrini ayblay olmayman. "Napoli" yaxshi o'yin o'tkazdi.
Iguain? U ortiqcha vaznda qutilishi kerak. U yugurayotganida, cho'ntagida g'isht bordek taassurot uyg'onadi. Gonsalo bir oy oldingi formasini tiklab, gol urishda davom etishi zarur" - deydi De Laurentis.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar