"Napoli" prezidenti: "Iguain ortiqcha vazndan qutilishi kerak"

Aslanov Jasurbek
27 fev 2016, 12:12
"Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis o'z jamoasining Yevropa ligasidagi muvaffaqiyatsizligi borasida fikr bildirdi.

Neapolliklar Yevropa ligasining 1/16 final bosqichida "Vilyarreal"ga ikki bahs natijasiga ko'ra mag'lub bo'ldi.

"Murabbiyimiz Sarrini ayblay olmayman. "Napoli" yaxshi o'yin o'tkazdi.

Iguain? U ortiqcha vaznda qutilishi kerak. U yugurayotganida, cho'ntagida g'isht bordek taassurot uyg'onadi. Gonsalo bir oy oldingi formasini tiklab, gol urishda davom etishi zarur" - deydi De Laurentis.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com