"Napoli" o'z futbolchisiga qatiy shart qo'ydi
11 iyu 2022 22:56
Yangiliklar
Xabarga ko'ra, "Napoli" yarim himoyachi Fabian Ruisga 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan yangi shartnoma taklif qildi. Ispaniyalik futbolchi neapolliklar bilan shartnomani uzaytirmayapti, chunki u o'z vataniga qaytmoqchi.
Klub rahbariyati futbolchiga qatiy shart qo'ydi: yo u yangi shartnoma imzolaydi, yoki keyingi mavsumning asosiy qismini zaxira o'rindig'ida o'tkazadi. 26 yoshli yarim himoyachining "Napoli" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyunigacha amal qiladi.
Avvalroq napolitanlar Kulibalini sotishga tayyor ekani xabar qilingandi.
Fikrlar