"Napoli" himoyachisi: "Messi? Hammamiz ham odammiz"
22 fev 2020 13:27
Yangiliklar
"Napoli" himoyachisi: "Messi? Hammamiz ham odammiz"
"Napoli" himoyachisi Kostas Manolas CHempionlar Ligasi 1/8 final doirasidagi "Barselona"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Ha, u qiyin bo'lishini tan oldi, ammo hech kim oldindan taslim bo'lmoqchi emas. Messiga qarshi o'ynash qiyin bo'lsada, unga qarshi usul topish mumkin.
"Bu juda qiyin bo'ladi, ammo biz mag'lubiyat bilan boshlamaymiz. Agar siz dunyoning eng yaxshilariga qarshi o'ynasangiz ham, tashvishlanish bu normal holatdir. Ammo, hech kim engilmas emas, biz hammamiz oddiy odamlarmiz. Avval o'yinni o'tkazib olaylik, keyin kim yaxshi bo'lganini ko'rib olamiz", - deydi Manolas.
Eslatib o'tamiz, CHL doirasidagi "Napoli" va "Barselona" o'yini 26 fevral kuni bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" vs "Нефтчи": Қайси бирида чемпионлик имконияти катта?
АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Бензема мавсумда тўртинчи марта хет-трик қайд этди
Fikrlar