

"RMC Sport"ning xabar berishicha, "Napoli" va Kristof Galte aloqaga chiqib ulgurgan. Tomonlar agarda Rudi Garsiya iste'foga chiqarilgan taqdirda, murabbiyning Neapolda ish boshlashi borasida muzokaraga kirishgan.
Fransiyalik mutaxassis PSJdan ketgach, hozircha ishsiz yuribdi. Shuningdek, "Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis anchadan buyon murabbiyni ko'z ostiga olib qo'ygani aytilmoqda.



