"Napoli" futbolchisi koronavirusga chalindi
02 okt 2020 23:28
Yangiliklar


"Napoli" futbolchisi koronavirusga chalindi
"Napoli" futbolchisi Pyotr Zelinskining koronavirusga topshirgan testi ijobiy chiqdi.
Neapolliklar matbuot xizmatining xabariga ko'ra, klub ishchisi Jandomeniko Kostida ham virus aniqlangan.
26 yoshli polyak 2016 yildan buyon "Napoli" tarkibida harakat qilib kelmoqda. Uning shartnomasi yana 4 yil amal qiladi.
Ushbu mavsumda Zelinski "Napoli" tarkibida 2 o'yinda 1 gol va 1 assist qayd etdi. "Napoli"ning chempionatdagi navbatdagi raqibi "Yuventus" bo'ladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar