“Napoli” Eduardo Vargasni sotmoqchi
02 dek 2013 11:32
Yangiliklar


“Napoli” Eduardo Vargasni sotmoqchi
“Napoli” klubi, “Gremio”da ijarada to'p surayotgan hujumchisi Eduardo Vargas bilan xayrlashishga qaror qildi.
Neapolitanliklar 24 yoshli futbolchini sotib yuborishdan 13 million evro foyda olishni rejalashtirishgan. Klub Vargasni 2014 yili Jahon chempionati musobaqsidan so'ng, hujumchining transfer narxi oshishi bilan sotib yuborishni mo'ljalab turibdi.
Ayni paytda “Gremio” hujumchining ijara muddatini uzaytirishga moliyaviy jihatdan imkon topa olmayapti. Hozirda faqatgina “Santos” futbolchiga jiddiy davogarlik qilib kelmoqda va uni bir million evroga ijaraga olishga tayyor turibdi.
Eslatib o'tamiz, Braziliya chempionatining 17 o'yinida ishtirok etgan hujumchi 6 ta gol urishga erishgan.

Fikrlar